«PSJ» hujumçisi Neymar öz kelajagi borasida aniq qarorga ega emas.

26 yoşli braziliyalik futbolçi keyingi 5 mavsumda 4 marta YeÇL ğolibi bölgan «Real»ga ötiş varianti töğriligiga şubha qilmoqda.

El País xabariga köra, Neymar Madridda keyingi yillardagi ulkan yutuqlardan keyin bosim yuqori bölişidan xavotirlangan.

Nike kompaniyasidagi manba esa braziliyalik uşbu futbolçi fevraldayoq özining «Real» bilan boğliq liboslari ustida işlaşga körsatma bergandi, ammo 28 may kuni u işni töxtatişni körsatma qilgan.

«Albatta, Neymar hozir Madridga ötişning mavridi emas deb öylamoqda. Çempionlar ligasidagi qator ğalabalar uni öylantirib qöygan.

U endi klubda pasayiş bölişi mumkinligi va avvalgidek köp ğalaba qilmasligini tuşunib turibdi. Neymar jahon çempionatida ğolib bölsa, öz pozitsiyasi mustahkamlanişi mumkin deb öylamoqda. Öşanda u «Real»ga heç qanday bosim haqida öylamasdan ötişi mumkin böladi», – degan Nike vakili.

Uşbu amaliyotga aloqador agent ma'lumotiga köra, Neymar «Real» bilan oğzaki kelişuv tuzib bölgan, u hozir Parij jamoasida olayotganidan 10 million yevro kam – yiliga 37 million yevro olişga rozi.

Futbolçining maslahatçilari, otasi va Nike vakillari Neymarga qaror qabul qilişda şoşmaslik, imijini buzib qöymaslikni tavsiya qilişmoqda.