«Xalqaro moliyaviy korporatsiya Özbekistonning xususiy sektorini rivojlantirişga qaratilgan konsultativ xizmatlarni körsatadi». Bu haqda Xalqaro moliyaviy korporatsiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida davlat-xususiy şerikçiligi yuzasidan konsultativ xizmatlarni körsatiş böyiça menejyeri – Georgiy Petrov öz taşrifi davomida aytib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligida boş vazir örinbosari, moliya vaziri Jamşid Qöçqorovning Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning (XMK) Georgiy Petrov boşçiligidagi delegatsiyasi a'zolari tomonidan konsultativ xizmatlarni körsatiş böyiça uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuv davomida gemodializ xizmatlari uçun investitsiyalarni jalb etiş sohasida investitsion loyihalarni amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi. XMK tomonidan soğliqni — saqlaş sektoriga davlat-xususiy şerikçilik (DXŞ) modelini qöllagan holda ekspert va xususiy investitsiyalarni jalb etiş, şu asnoda xususiy sektor qatnaşçisini moliyalaştiriş uçun belgilaş, aholiga gemodializ xizmatini taşkil etiş, boşqariş hamda körsatilişi rejalaştirilmoqda.
Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Jahon bankining Guruhi tarkibida hisoblanib, özining asosiy faoliyatini rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakatlarning xususiy sektoriga qaratadigan global rivojlaniş instituti bölib, Özbekistonda öz faoliyatini 1993 yildan buyon amalga oşirib kelmoqda.












