Yaponiyalik davlat xizmatçisi tuşlik vaqtiga belgilangan muddatdan uç daqiqa avval çiqib ketgani uçun jarimaga tortildi va hayfsan oldi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Bunday holat u tomonidan yetti oy davomida 26 marotaba sodir etilgan.

Suv tarmoği byurosining 64 yoşli xodimini jazolaş uçun rahbarlar tomonidan telekonferensiya çaqirildi, unda işçining xatti-harakati «öta afsuslanarli» deb baholandi va u keçirildi.

Byurodan ma'lum qilişlariça, xodim, şu tariqa, xizmatçilardan «bor e'tiborni işga qaratişni» talab qiluvçi içki qoidalarni buzgan.

Hodisa Yaponiyada 100 soatdan ortiq işlaşni çeklovçi qonun qabul qilinganidan bir oy ötib röy berdi. Qonun Yaponiyadagi «karosi» holatilarni (köp işlaşdan vafot etiş) kamaytirişga qaratilgan.

2016 yilda yapon hukumati mamlakatdagi har beşinçi xodimga «karosi» tahdid solayotgani haqida ma'lum qilgandi.