Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev birinçi yarim yillik yakuni böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş holatiga bağişlangan videoselektorda Xalq ta'limi vazirligida boşlangan islohot haqida gapirdi.
«Köp rahbarlarni almaştiryapmiz. Keça şunça tajribasi bor Inoyatovni (Xalq ta'limi vaziri - tahr.) işdan olib taşladim. Örniga Şermatovni qöydim.
Tarixda bunaqasi bölmagandi. Butun jamoasi bilan almaştirdim. Bölim boşliqlariniyam işdan olişga körsatma berdim. Çunki u eski odam. Bir yarim yil işlab, birorta taklif bermadi.
Tizimda korrupsiya, maktablarda korrupsiya bölib ketgan. Toşkent şahridagi ahvolga maymunlar yiğlaydi.
Endi Şermatovni tayinladik. U informatsion texnologiyalarni joriy qiladi.
Eski jamoadan bitta yoşlar böyiça muovin qoldi (Alişer Sa'dullayev - tahr.). Vazirlikning hududiy ta'lim boşqarmalari, tumanlardagi boşqarmalar rahbarlarini işdan olişga topşiriq berdim», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda «Kun.uz» manbasi.








