Amerikança imo-işoralar tilini bilgan Koko laqabli gorilla Kaliforniyada 46 yoşda hayotdan köz yumdi. Bu haqda Gorilla Foundation taşkiloti saytida ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanişiça, gorilla uyquda hayotdan ketgan. 

Foto :  Facebook / The Gorilla Foundation / Ron Cohn

“Koko barça gorillalar elçisi va turlar örtasida muloqot ramzi sifatida millionlab kişilarning hayotiga ta'sir qilgan. Uni juda sevişardi va usiz qayğurişadi”, deb aytilgan bayonotda.

Taşkilot ma'lumotlariga köra, Koko 1971 yil 4 iyulda San-Frantsisko hayvonat boğida dunyoga kelgan. 1972 yilda amerikalik zoopsixolog Fransin Petterson uni imo-işoralar tiliga örgata boşlagan. 

Foto :  Facebook / The Gorilla Foundation / Ron Cohn

Ma'lum qilinişiça, Koko bir neçta hujjatli filmlarda suratga olingan va ikki  marta National Geographic jurnali muqovasida tasvirlangan. Kokoning jurnal uçun birinçi suratini (1978 yil oktbyar) uning özi közguda aksini suratga oliş orqali bajargan. Ikkinçi suratda (1985 yil yanvar) esa u muşukni quçoqlab turgan tarzda tasvirlangan.