30 iyun kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi majlislar zalida Özbekiston karate Milliy federatsiyasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.

Unda Respublika hududida karate sportini rivojlantiriş va ommaviyligini oşiriş borasida yurtimizdagi maktabgaça ta'lim muassasalarida karate tögaraklarini oçiş böyiça qizğin muhokamalar ötkazildi. Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlar karate federatsiyasi rahbarlari iştirok etişdi. Uni Özbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi Nurxon Nafasov va Milliy olimpiya qömitasi qoşidagi Jang san'ati va Şarq yakkakuraşlari departamenti direktori Sardor Toşxöjayev olib borişdi.

«Ma'lumki, bundan qandaydir 10 yil oldin ham sportning karate turi bilan respublikamizda 60 mingdan ziyod yoşlar muntazam şuğullanib kelişardi. Bugungi kunga kelib uşbu körsatkiç afsuski 10 ming nafarga tuşib ketgan. Yiğilişda söz olar ekan Nurxon Nafasov barça hududiy federatsiyalar rahbarlariga qarata karatening ommaviyligini oşiriş uçun kerak bölsa 24 soatdan işlaş lozimligi, buning uçun işni eng quyi böğin - maktabgaça ta'lim muassasalaridan boşlaş zarurligini ta'kidlab ötdi», deyiladi Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabarida.

Yiğiliş davomida Andijon, Farğona, Toşkent, Jizzax, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahridagi maktabgaça ta'lim muassasalarida 15 kun içida umumiy yuzga yaqin bepul karate tögaraklarini oçiş vazifasi yuklatilgan. Şuningdek, Namangan, Sirdaryo, Farğona viloyati federatsiyalari faoliyatini tubdan qayta körib çiqiş, uşbu federatsiyalar rahbarlariga qat'iy hayfsan beriş, federatsiyalarga yoş va ğayratli rahbarlar tayinlanişi masalasi ham körilgan.

Jizzax va Surxondaryo viloyatlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi karate federatsiyalari faoliyati ham tanqid ostiga olingan va mutasaddilarga 1 oy muddatda öz faoliyatini qayta körib çiqiş vazifasi berilgan. Öz navbatida Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlari karate federatsiyalari faoliyati qoniqarli deb topildi va qolgan viloyat federatsiyalariga ibrat sifatida körsatilgan.

«Terma jamoalarga iqtidorli sportçilarni saralaş, tarkibda raqobatni kuçaytiriş, oldinda turgan XVIII Osiyo öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etiş kabi masalalar yuzasidan ham qizğin bahs-munozaralar ötkazildi», deyiladi xabarda.