Çin muhabbat va sadoqat har qanday şaroitda ham aslini yöqotmaydi. Sobiq tuzumning qonli qatağonlaridan minglab insonlar qatori azob çekkan Özbekiston halq yozuvçisi Said Ahmad va uning suyukli rafiqasi, benazir şoira Saida Zunnunovaning hayot yöllari bunga misoldir. Yozuvçining Jyezqozğon (Qozoğiston, Qarağanda viloyati) qamoqxonasidan jönatgan maktublarini öqib, bu fikrga amin böliş mumkin. Said Ahmad 1951 yilning 5 may kuni yozgan xatida şunday deydi:
“Men na Vatan oldida, na insoniyat oldida aybdor emasman. Faqat sizning oldingizdagina gunohkorman, xolos. Ha, faqat sizning oldingizda! Çunki ayni zamonda çekayotgan azoblaringiz faqat men tufayli. Men bölmaganimda Siz bunça qiynalmagan bölardingiz. Xayol kuçi bilan sizni qay şaroitda yaşayotganingizni körib turibman. Şodlik va qayğularimga şerik bölgan, ğarib maskanimda siyohdonimning yetimligini sezdirmagan çinakam döstimni unutmayman. Şodligini körmay, ğamiga şerik bölgan kimsani unutib böladimi, axir?!”.
Bu paytda Saida Zunnunova “xalq duşmanining xotini”, degan ta'qib ostida yaşagan. Şoirani işdan böşatişgan. Yaşaş şaroiti juda qiyin ahvolda bölgan. Şunday esa-da, u turmuş örtoğining könglini kötarişga, turmuşdagi ikir-çikir gaplar bilan uni biroz çalğitiş, umid berişga harakat qilgan. Bu muşfiq ayolning qamoqxonadagi Said Ahmadga 1952 yil, 23 yanvarda yuborgan xatida şunday sözlar bor:
“Yangi dasturxon oldim, salfetkalar tikdim. Siz kelganingizda birinçi yiğilgan mehmonlarga yozaman, deb niyat qildim. Servizimizning kamini tölatdim. Said Ahmad aka, nima qilay, özimni özim şunday ovutib ötiraman. Agar öz ahvolimga faqat aql közi bilan qarasam, jinni böliş heç gap emas. Şuning uçun ba'zan bölayotgan narsalarning hammasini unutişga harakat qilaman: kiyimlaringizni olaman, tozalab qayta qöyaman, römolça tikaman, noskilaringizni yamayman. Şunday paytlarda siz hozir kelayotganday bölib tuyuladi menga”.
Bu xatlarni öqib, çin muhabbat va sadoqatning ikki uluğ timsoli bugun ham köplarga ibrat maktabi ekaniga amin bölamiz.







