Joriy yilning 26 – 29 iyun kunlari MDHga a'zo davlatlar döstona armiyalari örtasida harbiy-amaliy sportning “Köp kuraş harbiy sport kompleksi” turi böyiça Belorus Respublikasi poytaxti Minskda bölib ötgan halqaro musobaqada Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari mezbonlardan keyin ikkinçi örinni egallaşdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.


Nufuzli musobaqada Belarus Respublikasi (ikkita jamoa), Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi kabi MDHga a'zo davlatlardan oltita jamoa iştirok etib, 100 va 3000 metrga yuguriş, uzoqlikka granata uloqtiriş, turnikda tortiliş, tösiqli yölaklarni 400 metrga yuguriş bilan birgalikda ötiş kabi harbiy kompleks maşqlarni yakka va jamoa tarkibida bajardi.

Musobaqada podpolkovniklar Mansur Mamadaminov va Bahodir Töxtanazarov boşçiligidagi Mudofaa vazirligi jamoasi yuqori jismoniy tayyorgarliklarini namoyiş qildi.

Kiçik serjant Isoqjon Rustamov yagona tösiqli yölaklarni 400 metrga yuguriş bilan ötişda 2 daqiqayu 13 soniya natija qayd etib, nufuzli musobaqada birinçi örinni qölga kiritdi va harbiy kiyimda musobaqa rekordini örnatdi.
















