Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev özbek-tojik çegarasining alohida hududlari böyiça kelişuvni ratifikatsiya qiliş haqidagi qonunni imzoladi.

Uşbu qonun may oyi oxirida qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan, iyun oyi oxirida Senat tomonidan ma’qullangandi. Uşbu kelişuv 9 mart kuni Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga taşrifi doirasida Duşanbeda ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangandi.

Uşbu hujjat ikki davlatning 192 kilometrlik umumiy çegaralarini demarkatsiya va delimitatsiya qilişni qamrab olgan. Bugungi kunda ikki davlat çegarasida faqat bitta uçastkaning maqomi noaniq bölib qolmoqda - bu Özbekistonning Sirdaryo viloyati va Tojikistonning Söğd viloyati tutaşgan nuqtada, Farhod GES töğoni joylaşgan hududdadir.

Tojikiston Yer resurslari va geodeziya böyiça davlat qömitasi ma’lumotiga köra, tojik-özbek çegarasining uzunligi 1332 km.ga teng. Umumiy uzunlikdan 105 kilometri daryo orqali ötsa, quruqlikdagisi - 1227 km.