Siri ovozli yordamçisi Britaniya parlamentidagi yiğiliş vaqtida mudofaa vaziri Gevin Uilyamson “Suriya” sözini aytganda işga tuşib ketib, vazirning gapini böldi.
Voqea Uilyamson terrorçilikka qarşi kuraş haqida gapirib, “Suriya” sözini tilga olganda yuz bergan.
“Mana “Suriya” böyiça internetda nima topdim. Suriya demokratik armiyasi”, deb darhol munosabat bildirgan vazirning smartfonidagi dastur.
Körinişiça, vazirning “Salom, Siri” funksiyasi işçi holatda bölgan. U tayanç söz esga olinganda işga tuşib ketgan.
Uilyamson kulib, odamning telefoni kamdan-kam holatda uning gapini bölişini aytgan. Söngra telefonini çöntagiga solib, zalda kulgu töxtagaç, nutqini davom ettirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu holatga turliça munosabat bildirilgan. “Siri bayonotni özi tugatsa yaxşi bölardi”, deb yozgan bir foydalanuvçi. “Siri’ning gaplarida köproq ma'no, asos va yetuklik böldi”, deb kinoya qilgan yana bir foydalanuvçi.







