Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezident Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 5 iyul kuni qöşni davlatga jönab ketadi.

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonovning ma'lumot berişiça, davlat rahbari 6 iyul kuni Ostona şahrining 20 yilligiga bağişlangan yubiley tadbirida iştirok etadi.

Qozoğistonga taşrif çoğida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi ham rejalaştirilgan.

Qayd etiş kerakki, Nursulton Nazarboyev ham 6 iyul kuni 78 yoşini nişonlaydi.

Şavkat Mirziyoyev oxirgi marta şu yilning martida Qozoğistonga taşrif buyurgan va Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinçi maslahat uçraşuvida iştirok etgandi.