Toşkent şahrining Uçtepa tumanida birinçi sinfga hujjatlarni onlayn rejimda qabul qiliş işlari boşlandi. Tuman Xalq ta'limi bölimidan KUN.UZ'ga xabar berilişiça, hujjatlar, takliflar va şikoyatlarni onlayn rejimda qabul qilişga doir işlar amalga oşirilmoqda.

Ota-onalar kunning istalgan qismida Uçtepa tumani maktablari saytlari orqali bolaning birinçi sinfga çiqişi uçun zarur hujjatlarini heç qanday qiyinçiliklarsiz uzatişlari mumkin böladi. Şuningdek takliflar va şikoyatlarni ham yöllaş imkoni mavjud.

Demak, bola birinçi sinfga qabul qilinişi uçun quyidagi hujjatlarni yöllaş kerak böladi:

  • ota-ona yoki qonun asosida ularning örnini bosuvçi şaxslarning original pasportlari skaneri;
  • bolaning tuğilganligi töğrisidagi guvohnoma skaneri;
  • Tor doira mutaxassislaridan ötganlik töğrisidagi original tibbiy karta skaneri.

Onlayn rejimni yölga qöyişdan maqsad - ota-onalar va maktab örtasida maksimal aloqa örnatiş va 1-sinfga hujjatlarni topşiriş jarayonini yengillaştiriş.