Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrobank Xitoy moliya muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda
Foto: Agrobank
Xitoy Xalq Respublikasining “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida “Agrobank” ATB va dunyoning yirik banklaridan bo‘lgan Xitoy Sanoat-tijorat banki – ICBC o‘rtasida bitim imzolandi.
Ushbu imzolangan bitim joriy yil boshida Agrobank hamda Xitoy Sanoat-tijorat banki bilan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan boshlangan muzokaralar natijasidir.
Unda zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va elektron qurilmalar, yuqori texnologik uskunalar to‘plamlarini sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish, tabiiy resurslar, energetika zaxiralari, qurilish sohalari va boshqa yo‘nalishlarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur bitim uzoq muddatli kreditlar taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub'yektlarining Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilari bilan savdo aloqalarini mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, investitsion faoliyatni, iqtisodiy hamda savdo munosabatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Facebook: fb.com/agrobankuzbekistan
“Agrobank” ATB matbuot xizmati
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026