Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

.jpg&w=1200&q=75)
Televideniye, radio, bosma va internet nashrlari xodimlari bilan bo‘lgan muloqot davomida viloyat rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 iyul kuni yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalar, “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan va ushbu dasturlar bo‘yicha kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
.jpg&w=1200&q=75)
.jpg&w=1200&q=75)
Bundan tashqari, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonlaridan joriy yilning 27 iyun kuni qabul qilingan “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ishlash mexanizmi, viloyatda ushbu dastur bo‘yicha rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan ham savollarga javob berib o‘tdi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri






