JAHON ÇeMPIONATI-2018. 1/2 final. 10 iyul. FRANTsIYa – BeLGIYa. 23.00 (Toşkent)

Jahon çempionatining birinçi yarim final uçraşuvini köpçilik finaldan oldingi final deb atamoqda. Bugun turnirda eng kuçli tarkiblarga ega hamda eng hujumkor öyinlar körsatayotgan Fransiya va Belgiya terma jamoalari Sankt-Peterburgda final yöllanmasi uçun maydonga tuşadi.

Kim favorit?

Foto AFP

Kimdir yulduz futbolçilar jamoaning haqiqiy kuçini körsatmaydi, deb bahslaşişi mumkin. Bu safargi turnirda ham qator yulduzlar kamtar jamoalarga qarşi öyinlarda heç narsa körsata olmasdan turnirni erta tark etişdi.

Ammo Fransiya va Belgiya bilan biroz boşqaçaroq. Bu terma jamoalarda yulduzlar yakka emas, bu terma jamoalar yulduzlar bilan tölgan. Dide Deşamd ham, Roberto Martinesda ham yulduzli zaxira mavjud. 

Bu öyindan oldin kimni favorit deb ataş mumkin? Savol qiyin, ammo hozirça köproq omillar Fransiyani favorit sifatida körsatmoqda. Frantsuzlar barça öyinlarda işonçli harakat qilib kelişdi va pley-offga ortiqça kuç sarflamasdan çiqişdi hamda pley-offdagi öyinlarni ham osonlik bilan yutişdi. Belgiyaliklar esa pley-offdagi ikki öyinda ham, Yaponiyaga qarşi ham, Braziliyaga qarşi ham qiynaldi. Şuningdek, Fransiya terma jamoasining tajribasini ham hisobga oliş kerak, Deşam boşçiligidagi bu jamoa uçinçi yirik turnirda qatnaşmoqda, ular 2016 yilgi Yevropa çempionatida kumuş medallarga sazovor bölişgandi. Fransiya katta öyinlarni yutişni biladi, Belgiya esa öz tarixida atigi ikkinçi marta yarim finalga çiqqan.

Ammo «Qizil iblislar» safida jahon çempionatida qanday yutişni biladigan futbolçi bor.

Buyuk bombardir öz vataniga qarşi

Foto REUTERS

Terri Anri Fransiya terma jamoasida oxirgi öyinini ötkazganidan buyon 8 yil ötdi. Bu 2010 yili JARda bölib ötgan jahon çempionatida bölgandi, öşanda u mundialga zaxira futbolçisi bölib borgan, uning futbolçilik faoliyati poyoniga yeta boşlagan davr edi.

Xayrlaşiş davri Anri uçun noxuş keçgandi. U ötiş öyinida Irlandiyaga qarşi öyinda qöli bilan öynagan va Vilyam Gallasga golli uzatma bergandi. Uning bu harakati Fransiyani mundialga olib çiqdi. JARda ham Anri mojaro girdobida qoldi, u boş murabbiy Raymon Domenek tomonidan Nikolay Anelka tarkibdan çetlatilişiga oçiq norozilik bildirib, murabbiyni qoraladi va terma jamoaning bir guruh futbolçilarini maşğulotlarni boykot qilişga köndirdi.

Natijada öşa turnir Fransiya uçun şarmandali yakunlandi - 1 oçko va guruhda oxirgi örin. Bu harakatlardan keyin Fransiya futbolida inqilobiy özgarişlar sodir böldi. Birinçi navbatda boş murabbiy nihoyat iste'foga çiqarildi, federatsiya bir qança futbolçilarni diskvalifikatsiya qildi, tarkib butunlay yoşartirila boşlandi. Lekin 1998 yilgi jahon çempioni va 2000 yilgi Yevropa çempioni Anri hamon Fransiya futboli tarixidagi eng yaxşi hujumçi bölib qolmoqda.

Yevropadan ketgaç Anri Amerikada «Nyu-York Red Bullz»da öynadi, keyin bir muddat «Arsenal»ga qaytdi (2012 yil) va 2014 yili futbolçilik faoliyatini yakunlab, Angliyada teleekspert sifatida faoliyat körsata boşladi.

2016 yili u Belgiya terma jamoasida Roberto Martinesning murabbiylar ştabiga jalb qilindi. «Fransiyadan biron marta ham taklif bölmadi», degandi öşanda u.

Şundan buyon Anri ekranlarda körinmay qoldi, u haqda köp yozişmasdi. U terma jamoa içida jimgina işlaşda davom etayotgandi. Endi esa hammaning e'tibori yana unga qaratildi. Ayniqsa yarim final arafasida OAVda u birinçi planga çiqdi. Frantsuzlarga qarşi öyin uning uçun alohida ahamiyatga ega, «Qizil iblislar» futbolçilarining barçasi buni yaxşi anglaşadi.

«Terri biz bilan bölib, öz maslahatlarini bergani yaxşiydi. Men hamişa unga katta hurmat bilan qarayman», dedi öyindan oldin Fransiya termasi tarkibida jahon çempionatiga kelgan Olive Jiru.

Martines qanday sxemada öynaydi?

Foto: Photo News

Sankt-Peterburgdagi öyinga jamoalar deyarli yöqotişlarsiz yetib kelgan. Faqat Fransiyada zaxira futbolçilaridan biri, himoyaçi Sidibe öyinga tayyor emas. Belgiya safida ham bitta yöqotiş bor - çorak finalda Braziliyaga qarşi öyinda Neymarni işonç bilan qöriqlagan himoyaçi Toma Mene sariq kartoçkalari sonini orttirib olgani tufayli bugun öyinga tuşa olmaydi. 

Belgiyaliklarda yuqori saviyali himoyaçilar köp emas va Martinesda Menening örnini töldiriş muammo bölişi mumkin. Guruh bosqiçida hujumkor Ferreyra-Karrasko çap qanot himoyasiga qaraşib turganini körgandik. Brazillarga qarşi öyinda Martines 3-5-2 sxemasida harakat qildi, ungaça jamoa asosan 4-3-3 sxemasida öynab kelayotgandi. Mene öng qanotda, Fertongen çap qanotda öynadi, Ferreyra-Karrasko zaxira örindiğida qoldirildi.

Endi belgiyaliklarda yangi dilemma. Buni murabbiylar ştabi qanday hal qiladi? Uç himoyaçi moduliga qaytiladimi? Mudofaadagi kemtiklarni yopiş uçun Şodlidan foydalaniladimi? Yoki Eden Azarning ukasi Torgenga işonç bildiriladimi? Variantlar köp, ammo Fransiyaning reaktivlari Grizmann va Mbappe bu öyinda himoyaga avvalgi öyinlardagidan köra köproq bosim uyuştirişi aniq.

Ammo Belgiyaning ham yarim himoya va hujum çiziği juda kuçli. Kevin de Bryuyne, Azar va Lukaku kabi futbolçilar öyin taqdirini yolğiz hal qila oladigan futbolçilar sirasidandir. Ular istalgan himoyani yorib öta olişadi. Biz bugun turnirning eng qaqşatqiç qarama-qarşiligiga guvoh bölişimiz kafolatlangan. Bu öyin bölajak çempion nomini aniqlab berişi tayin.

Foto: FIFA

FRANTsIYa – BeLGIYa
10 iyul. Sankt-Peterburg. «Sankt-Peterburg». 23.00 (Rossiya 1).
Hakamlar: KUNYa. Taran, Espinosa (barçasi – Urugvay).
Diskvalifikatsiya qilinganlar: yöq – Mene.