Toşkentning «Lokomotiv» klubi 3 nafar futbolçi bilan tarkibni töldirdi.
Toşkentliklar jamoasi safiga sobiq futbolçisi, Qatarning «Al-Sayliya» bilan şartnomasi yakunlangan va erkin agentga aylangan hujumçi Temurxöja Abduxoliqov, Xitoyning «Çançung Yatai» klubi bilan şartnomasi uzaytirilmagaç, erkin agentga aylangan himoyaçi Anzur Ismoilov hamda RFPL vakili, rossiyalik hujumçi Pavel Pogrebnyakning ukasi, himoyaçi Nikolay Pogrebnyak kelib qöşildi.
Ayni vaqtda bu futbolçilarning barçasi bilan şartnomalar imzolangan.
Faoliyatini 2001 yili Samarqandning «Dinamo» klubida boşlagan futbolçi, keyingi yillarda «Traktor» (2002-2003), «Paxtakor» (2003-2010) va «Bunyodkor» (2010-2011) klublari safida töp surgandi. 2011 yili «Qaldirğoçlar» klubi safidan Xitoyga yöl olgan Anzur Ismoilov «Çançun Yatai» jamoasida asosiy futbolçiga aylanib, bu klub uçun 182 öyin ötkazdi va 12ta gol urdi. «Temiryölçilar» uşbu futbolçi bilan ikki yillik şartnoma imzolandi.
Temurxöja Abduxoliqov 2017 yilning yanvarida aynan «Lokomotiv»dan «Al-Sayliya» safiga yöl olgan va 1,5 yillik şartnoma imzolagandi. 30 iyun kuni uşbu şartnoma muddati tugadi, tomonlar kelişuvni uzaytirmaslikka qaror qilişdi. Abduxoliqov Qatar Superligasida 17 uçraşuvda maydonga tuşib raqiblar darvozasini 11 marta nişonga oldi.
Ayni vaqtda 26 yoşda bölgan Nikolay Pogrebnyak turli yillarda RFPLda «Tom» (2010-2015), «Baltika» (2015) «Torpedo» (2015-2016) va «Dinamo» Stavropol (2016-2017) jamoalari safida töp surgan. U faoliyati davomida hujumçi, yarim himoyaçi va himoyaçi pozitsiyalarida harakat qilgan, oxirgi mavsumda jamoasiz edi.










