«Arsenal»ning sobiq yarimhimoyaçisi Jyek Uilşir «Vest Hem Yunayted» klubi bilan şartnoma imzoladi.
Bitimga köra, 26 yoşli futbolçi 2021 yil yozigaça «bolğaçilar» şarafini himoya qiladigan böldi. Uilşir «Arsenal»ni erkin agent sifatida tark etgani uçun, «Vest Hem»ga bepul ötdi.
Eslatib ötamiz, Uilşir «Arsenal» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U «qurolsozlar» tarkibida 2008 yili 16 yoşida debyut qilgan edi. Ötgan mavsumda Uilşir APL doirasida 20ta öyin ötkazib, 1ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.








