Yaponiyaning markaziy va janubi-ğarbiy tumanlarida toşqinlar sababli oxirgi ma'lumotlarga köra 195 kişi halok bölgan, 4 nafar kişida yurak va qon aylanişi töxtaşi qayd qilingan. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yosixide Suga ma'lum qildi.
Uning aytişiça, 23 kişi rasman bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda, yana 43 kişining qayerdaligi noma'lum. “Bundan taşqari, yana 52 ta şunga öxşaş xabar bor, biroq gap qança odam haqida ketayotgani borasida ma'lumotlar yöq”, deb aytgan Suga.
Suganing ta'kidlaşiça, voqea joyida mudofaa, politsiya va öt öçiriş xizmatining 73 ming xodimi iş olib bormoqda, qidiruv-qutqaruv işlariga 80 ta vertolyot jalb qilingan.
NHK telekompaniyasining ma'lum qilişiça, hozirda toşqinlardan jabr körgan 16 prefekturada 5600 kişi evakuatsiya punktlarida qolmoqda. 239 ming uy xöjaligi suvsiz qolmoqda, ulardan 200 mingi Xirosima prefekturasida joylaşgan.
Ötgan hafta oxirida Yaponiyaning janubi-ğarbiy va markaziy qismida boşlangan kuçli yomğirlar köçki va toşqinlarga olib keldi. Ba'zi joylarda qirğoqlaridan toşgan daryolar katta hududlarni suv ostida qoldirgan.












