Çempion hikoyalari. Viktor Lindelof: finaldan boşlangan hayot
|20:56 / 12.07.201811 91113 min
Onam mening tuğilgan kunimdagi voqeani hikoya qilib berişni yaxşi köradi. Çunki aynan öşa kuni u mening futbolçi bölişimni aniq bilgan ekan.
Qiziq.
Voqea bunday bölgan. Onam tuğruqxonada ekanida yonida turgan otam negadir özini juda boşqaça, nimadandir xavotir olgandek tutgan ekan. Axir birozdan keyin farzandli bölasan, balki şundandir, töğrimi? Albatta, men dunyoga kelganimda otam özida yöq quvongan ekan. Lekin dastlabki savoli qiziq bölgan:
- Xöp, hammasi yaxşi. Endi, bu yerda televizor topsa bölarmikin? Qaysi xonada borikin?
Tabiiyki, onam gap nimada ekanini tuşungan. Nahotki şu darajada bölsa?
«Bilaman, bilaman» – deydi otam, - «lekin penaltilar seriyasi boşlanibdi-da».
1994 yilning 17 iyul kun. Şvetsiyada hozirgina Viktor Lindelof tuğildi. Pasedenda esa, Italiya jahon çempionati finalida Braziliya bilan öynayotgandi.
Balki mana şunday pallani poylab tuğilganim uçun oyim men futbolçi bölişimni başorat qilgandir? Bilasizmi, oradan bir neça yil ötib, men ham jahon çempionati finalida öynadim – FIFA qanaqadir sabab bilan finalni men tuğilib ösgan Vesterosda ötkazişga qaror qilgan edi. Stadion biroz notekis, darvoza örnini esa, ikki garaj eşigi bajarar edi. 65 mingga yaqin muxlis öyinni kuzatib turardi. Yo şunaqa tuyuldimikin... Futbolni şarhlab öynaşni yaxşi körardik.
«Töp endi Lindelofga keldi. U bir futbolçini aldab ötdi, endi ikkinçisini... Yana Lindelof! Zarba!!! Goooool!!! Şvetsiya oldinda – 1:0!!”
Men esa, özimni maydon çetiga otaman, şeriklarim orqamdan yetib kelişadi. Şvetsiya – jahon çempioni! Endi muxlislarning olqişlari ostida qolganimda, taniş ovozni eşitaman:
«Viktooor! Viktoooor?»
Öşa, oyimning ovozi. «Tuşlik vaqti böldi, kelaqol öğlim»
Jin ursin...
Ikki akam bilan uyga qaytamiz. Biz tört aka-ukamiz, lekin uçtamizning yoşimiz yaqin bölgani uçun doim birga öynaymiz. Otam ham doim biz bilan, ammo haqiqatan biz köproq onamning tarbiyasini olganmiz. Hozir gapirsam, «onasining öğli» deb kulişlaring mumkin, lekin rostan ham, agar u bölmaganda, men heç qaçon futbolçi bölolmasdim. Umuman.
Beş yoşimdan u mening öylarimni futbol bilan boğlagan va mana şunday orzulari osmon bolaga aylantirgan. Mahallada jahon çempionati finalini tasavvur qila oladigan bolakay. Dastlab, darvozabon formasi va qölqoplarini olib keldi, adaşmasam Fabiyen Bartezniki edi. Birdaniga Bartez bölgim kelib qoldi. Köçaga çiqqanimda, loyga çaplanib bölsa-da, özimni töpga otar va qahramonlarça seyvlar qilardim.
«Oooh, Viktor Lindelof jamoani goldan saqlab qoldi, olqişlar!»
Keyin onam menga Zidanning formasini olib berganida, Zizuga aylandim. Maydonçada turli fintlarni amalga oşirar, aylanib gollarni nişonlardim.
«Ajoyib! Lindelof nimalar qilib yuboryapti. Kördinglarmi?!»
Mana şu tasavvurlarim keyinçalik orzuga aylandi. Odamlar katta bölganimda kim bölişimni söraganlarida, öylab ötirmasdim - «men futbolçi bölaman». Heç kim bu gaplarimni jiddiy olmasdi. «Oo, qanday yaxşi. Lekin bu jiddiy kasb emas, töğrimi?»
Vesterosda bolalar klubida öynab yurganimda, onam meni maşğulotlarga olib borardi. Menimça, sal iqtidorliroq bölganman, şuning uçun kattaroq guruhga qöşib qöyişgandi. Jismoniy tarafdan kattaroq bölgan bolalar bilan öynaş qiyin edi, lekin bu menga foyda bergan. Ular bilan şuğullanib, men ham jismoniy tarafdan juda tez ösgan edim. Reja böyiça Şvetsiyaning kattaroq biror klubiga ötişni niyat qilib yurdim. Kutilmaganda, agentimga «Benfika»dan qönğiroq qilişdi.
Oçiğini aytganda, bu çaqiruv men uçun şok edi. Men endigina 17 yoşdaman, uyda yaşayman, maktabga boraman. Bu taklifni qabul qiliş kerakmi yo kerakmasmi, bilmasdim ham, şuning uçun akam va onam bilan foydali va zararli tomonlarini ölçay boşladik.
Plyus tomoni, «Benfika» – Portugaliyaning eng katta klublaridan biri. Men u yerda zör futbolçi va murabbiylar bilan birga şuğullanaman, birinçi jamoaga ham asta-sekin ötib olişim mumkin.
Minus tarafi, Lissabonga köçib ketişga töğri keladi. Yakka özim. Heç kimni tanimayman, ularning tilini ham bilmayman.
Öylanib qoldim. Onam mendan söradi: «Tezda javob ber, agar rozi bölmasang, afsus qilasanmi?»
«Ha» – xayolimga kelgan birinçi javob şu böldi. Hammasini tuşundim. Bir soat ötib agentimga qönğiroq qildim, bir haftadan keyin Lissabonga jönadim.
Onam ham men bilan birga keldi, çunki şartnomalarga imzo çekiş uçun yoşlik qilardim. Biz Lissabonni birga aylandik, bu yer yangi uyim ekanini his qilişga urindim. Nazarimda, onam ança xotirjam körinayotgandi, ammo ertalabga borib yiğlab yubordi. U men bilan faxrlanayotgandi albatta, şu bilan bir özimni qöyib yuborişdan xavotir ola boşlagandi. Lekin endi keç edi. Baribir, öşanda Vesterosga qaytdim, olti oy yana eski jamoamda öynadim, 2012 yilning yozida esa, endi butunlayga Lissabonga köçib ötdim.
Samolyot oynasidan taşqariga boqar ekanman, nima desam ekan, yöq deganda özimga işonardim. Oldimda özim orzu qilgan hayot kutib turibdi, şunday emasmi? Estádio da Luz maydonida yugurib yurişimga köp vaqt qolmadi, axir bu özimning A rejamku! B rejaga kelsak, töğrisini aytganda, boşqa rejam ham yöq edi.
Yetib borgaç, klub vakili meni kutib olib, «Benfika» bazasiga olib bordi. Ertasiga biroz hayajonda uyğondim, «skayp» orqali onamga telefon qildim. Hali kelganimga 24 soat bölmagandi, lekin puşaymon bölib ulgurgandim.
«Men uyga qaytişni xohlayman, oyi, nima qilay?»
Onalar mana şunday holatlar uçun kerak, töğrimi? Bilmayman, qanday qilib, lekin u meni xotirjam qila oldi. Aminmanki, öşa holatimda meni yupata oladigan dunyodagi yagona inson ham u edi. U menga avvaliga biroz qiyin bölişini, ammo keyin hammasi yaxşi bölişini aytib, işontirdi.
U haq edi. Rostan ham dastlabki olti oy juda qiyin ötdi. Oilamsiz, döstlarimsiz qolgandim. Eng yomoni, bu yerning tilini bilmayman va birorta döstim ham yöq. Böş vaqtlarimda qiladigan işim onamga qönğiroq qiliş bilan serial köriş edi. Lissabondagi eng yaqin döstim Vinsent Çeyz («Entourage» serialidagi boş rolni ijro etgan aktyor) bölib qolgandi.
Yaxşiyamki, men yaxşi öqiganman. Portugal tilini örgana boşladim. Ba'zi sözlarni örganib, jamoadoşlarim bilan yaqinlaşa boşladim, ba'zilari bilan juda yaqin döst (uzr, Vinsent) bölib ketdik. Va bir kuni, maşğulot paytida, kiçik maydonçada futbol öynar ekanmiz, özimni juda yaxşi his qildim, maydonda eng yaxşi öyinçi bölayotgandim. Heç narsani öylamay, şunçaki futbol öynar, öylagan işlarimni osonlik bilan amalga oşirayotgandim. Özimni Vesterosda öynayotgandek his qila boşladim – aynan öşa kuni angladimki, ana endi bu yer mening uyimga aylangandi, ana endi hammasi yaxşi böladi.
Tez kunlarda Portugaliyaning ikkinçi divizionida öynaydigan «Benfika B» klubida bir qator öyinlarda özimni körsatdim. 2013 yilning oktabrida, 19 yoşimda esa, kubok öyinida asosiy jamoada debyut qildim.
Estádio da Luz stadionidagi ilk öyin ham uzoq kuttirmadi. Tasavvur qilyapsizmi, minglab muxlislar qarşisida stadionga çiqib keldim, ular bor ovoz bilan kuylaşardi. 65 ming muxlis. «Ha buni men boşdan keçirganman. Taniş manzara. Ha, esladim, Vesterosdagi jahon çempionati finalida!..»
Bu safar meni heç kim tuşlikka çaqirib «uyğotmadi». Bu safar hammasi haqiqiy edi. Keyinroq, yana bir orzuim amalga oşdi.
2015 yilda Şvetsiya yoşlar terma jamoasi Çexiyada ötgan jahon çempionatida qatnaşadigan böldi. Öz mamlakatim libosida bu turnirda iştirok etiş ajoyib bölardi. Ammo tarkib e'lon qilinganda, xafa böldim – u yerda mening nomim çiqmagandi.
Öşa kungi holatimni tuşuntirib berolmayman. Balki murabbiylar bilişmas, ammo Portugaliya ikkinçi divizioni juda kuçli. Ular asosan şved klublaridagi yoşlarni yiğiştirib olişgandi. Men ularning qarorini hurmat qilardim, şu bilan birgalikda, jahlim ham çiqqandi. Oradan köp ötmay, men hammasini unutiş uçun ta'tilga çiqib ketganimda murabbiy Hoqon Erikson qönğiroq qildi.
«Viktor, oxiri biz seni çaqirişga qaror qildik. Nima deysan?»
«Hmm.. xöp»
Italiyaga qarşi ilk öyinda asosiy tarkibda tuşmadim. Yöq, öynay olardim, lekin jamoaga endigina kelib qöşilgandim-da. Lekin himoyaçi Aleksandr Miloşeviç jarohat olgaç, örniga meni çiqarişdi. Biz öşa öyinda ğalaba qozondik va keyingi har bir öyinda töliq harakat qildim. Finalgaça yetib bordik.
U yerda raqib kim edi deb öylaysiz? Albatta, Portugaliya. Bu men uçun alohida ahamiyat kasb etardi, lekin albatta, Şvetsiya uçun ham muhim öyin – final edi. Biz öyinda favorit emasdik, ammo bizning ustunligimiz jangovor ruhiyatimizda edi. Eplab, penaltilar seriyasigaça öyinni olib bordik.
Huştak çalingaç, jamoadoşlarimning yuzlariga qaraboq, biz seriyada ğalaba qozonişimizni fahmlab bölgandim. Hammamiz qandaydir xotirjam edik. Biz birinçi golni urdik. Ular tenglaştirişdi. Keyin biz yana urdik. Xullas, oxirgi zarbani men berdim. Hayajon bosdi. Töpga yaqinlaşar ekanman, raqib jamoasidan birining şerigiga «u ura olmaydi» degani quloğimga çalindi. Bu menga ijobiy ta'sir qildi, darvoza markaziga zarba berib, gol urdim. Portugaliya esa, sönggi zarbasini ura olmadi. Biz Çempion! Şvetsiya – Çempion!
Bunga işonib bölmaydi.
Oradan olti oy ötib, «Benfika»ning asosiy tarkibida öynay boşladim. Keyingi bir yarim yilda ikki marta çempion böldik, ikki marta kubokni yutib oldik. Yana nima kerak menga? Ha, aytgança, terma jamoadan ham çaqiruv oldim.
2016 yilning boşida, Şvetsiya terma jamoasidan qönğiroq qilişganida, butun yoşligim köz oldimda turardi. Endi tasavvurimda emas, rostan ham Şvetsiya terma jamoasi libosida töp suraman. Onamga bu haqida aytganimda, u yiğlab yubordi.
Turkiyaga qarşi örtoqlik öyinidagi debyut öyinimni söz bilan ifoda qilib bera olmayman. Sariq libosda Şvetsiya madhiyasini aytib turiş... Etlarim jimirlaşi uzoq vaqtgaça tinmadi. Bunday tuyğudan faqat bir narsa ustun bölişi mumkin – xuddi şu voqeani jahon çempionatida boşdan keçiriş...
Şvetsiya 2006 yildan beri mundialda iştirok etmayotgandi. Tabiiyki, pley-offda Italiyaga tuşganimizda heç kim bizga işonmagandi. Ammo biz özimizga işondik. Biz bir jamoa ekanimizga, har qanday vazifani bajariş mumkinligiga amin edik. Agar biz öz işimizni töğri amalga oşirsak, maydonda bir-birimizni qöllab-quvvatlasak, aka-ukalardek jang qilsak, hammasi yaxşi böladi.
Işonmasalaring, italiyalik futbolçilardan sörab köringlar, ularni 1:0 hisobida yutişimizda iqtidorimiz emas, ruhiyatimiz hal qiluvçi rolni öynagandi.
Şu orada men «Benfika»dan «Mançester Yunayted»ga ötdim. Men, 23 yoşimda, dunyodagi eng katta klub a'zosiga aylangandim. Men endi Joze Mourino bilan birga işlayapman. Şvetsiya terma jamoasi bilan birgalikda jahon çempionatidaman.
Ba'zida kulgili tuyuladi, köpçilik men öttiz yoşli futbolçiga öxşab öynaşimni aytişadi. Menimça, ular haq, qarşimdagi tösiqlarni yengib ötiş va bugungi kunga yetib kelişim uçun tez ulğayişga töğri kelgan. Atigi ön yil oldin atrofimdagilarga kelajakda professional futbolçi bölişimni aytganimda, heç kim işonmasdi.
Onamdan taşqari albatta. U buni aniq bilardi.
Viktor Lindelof
ThePlayersTribune materiali asosida Qahramon Aslanov tayyorladi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi