Bugun, 12 iyul kuni Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi Cristal supermarketida yirik yonğin yuz berdi. Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati uşbu hodisa haqida rasman xabar berdi.
«Bugun, 12 iyul kuni taxminan soat 13:47 da Toşkent şahar IIBB YoXBga Yunusobod tumani Yunus ota köçasida joylaşgan «Kristall» supermarketining 4-qavatida yonğin sodir bölgani haqida xabar kelib tuşdi. Ma'lumotga köra, binoning faqat 1-qavati işlayotgan bölgan.
Voqea joyiga 5 daqiqada birinçi yordamçi kuçlar yetib keldi, jami bölib 6ta jangovar maxsus öt öçiriş maşinasi va ikkita yonğin narvonlaridan foydalanildi. Soat 14:11da yonğin jilovlandi va soat 14:18da butunlay bartaraf etildi. Yonğin xavfsizligi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida olov binoning boşqa qavatlariga tarqalmadi va heç kim jarohatlanmadi. Yonğin sabablari örganilmoqda», deyiladi xabarda.













