2018 yil 12 iyul kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Boş direktorining birinçi örinbosari S.Şukurov Farğona şahridagi Matbuot uyida ommaviy axborot vositalari, noşirlik, matbaa, axborot-kutubxona va kitob savdosi bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslar, yuridik şaxslarning vakillarini qiziqtirgan savollar, şuningdek, ularning ayrim muammo va takliflarini örganiş hamda hal etiş uçun sayyor qabul ötkazdi.
Sayyor qabulda önga yaqin masalada murojaatlar röyxatga olinib, ularning yeçimi yuzasidan aniq yönalişlar belgilandi, ayrimlari joyida hal qilindi.
Qabul iştirokçilari hududda bosma ommaviy axborot vositalarini tarqatiş sohasidagi muammolar yeçimi, noşirlik-matbaa mahsulotlarini tayyorlaş, işlab çiqariş, ularning savdosi va qoğoz xomaşyo bazasi bilan boğliq bir qator takliflarni ham bildirişdi.
Xususan, M.Sulaymonovning xususiy sektorga tegişli poçta-tarqatiş taşkilotlarining huquqiy mexanizmini bugungi kun talabidan kelib çiqqan holda takomillaştiriş, Ş.Aslonovning viloyat Axborot-kutubxona markazi taşabbusi bilan yaratilgan bir neça elektron adabiyotlar – multimedia töplamlarini tarqatişga oid murojaatlari örganib çiqildi.
Fuqaro M.Akbarovaning viloyatdagi közi ojiz bolalar kutubxonasini brayl yozuvidagi kitoblar va elektron adabiyotlar bilan töldirişda Agentlik kömagi zarurligi haqidagi murojaati alohida nazoratga olinib, mas'ullarga tegişli topşiriqlar berilib, yeçimi yuzasidan aniq çora-tadbir belgilandi.











