Yaponiyada kuçli yomğirlar va ular oqibatida yuzaga kelgan toşqin va köçkilar qurbonlari soni 209 kişiga yetdi. Bu haqda mamlakatning boş politsiya boşqarmasi xabar qildi.

Sönggi ma'lumotlarga qaraganda, yana 40 nafarga yaqin kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Mahalliy qutqaruv xizmatlari politsiya va mudofaa kuçlari askarlari yordamida qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini davom ettirmoqda.

Tabiiy ofatdan jabrlanganlarga yordam körsatiş maqsadida butun mamlakatdan minglab köngillilar Yaponiyaning ğarbiy hududlariga yetib kelişmoqda. Yomğir va köçkilar eng köp zarar yetkazgan Exime, Xirosima va Okayama prefekturalari ma'muriyatlari 18 mingga yaqin köngillining kelişini kutmoqda.

Yaponiyadagi 47 prefekturadan 31tasida yuz bergan suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 160ta uy butkul vayron bölgan, 700ga yaqini jiddiy şikastlangan, 25 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan. Uylariga qaytiş imkoniyatidan mahrum bölgan qariyb 6 mingga yaqin kişi maxsus evakuatsiya markazlarida qolmoqda. Butun Yaponiya böylab kuçli jazirama bölayotgani vaziyatni yanada qiyinlaştirmoqda – termometr körsatkiçi ertalabdan 30 darajadan baland haroratni körsatmoqda.