Bu ğaroyib suratlar koinot haqidagi biror filmdan lavhaga öxşaydi, aslida esa ular bizga judayam yaqin. Bu hovuzlarni Şarqiy Afrikadagi Danakil sahrosining qoq yuragida köriş mumkin, deb yozadi Metro.

Bu kislotali hovuzlarni fotograf Neta Dekel suratga tuşirgan. Uning sözlariga köra, bu u umri davomida suratga olgan eng ğaroyib maskanlardan biridir.

"Kislota öta xavfli — bir tomçisi suyaklaringizgaça eritib yuboradi. Hovuzlar Ertale vulqoni yaqinida joylaşgan va vulqon kuli bilan öralgan. Hidi ham osmongaça örlaydi. U şunçalar badböy ediki, nafas olişning imkoni yöq edi"

Foto: Neta Dekel/Caters News

Danakil sahrosi uç mamlakat: Efiopiya şimoli-şarqi, Eritreya janubi va Jibuti şimoli-ğarbi böylab 100 ming kvadrat kilometrdan ortiqroq maydonga çözilgan. Bu yer dunyodagi eng issiq joylardan biri bölib, kunduzgi harorat köpinça 50 darajadan yuqori böladi.

Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News