Notarial harakatlar va FHDYo organlari xizmatlari uçun tölovlarni amalga oşirişda interaktiv xizmatlarni joriy etişni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
- notarial xizmatlar va FHDYo organlari uçun tölovlarni amalga oşirişda interaktiv axborot-kommunikatsiya vositalari, jumladan, bankomat, terminal, infokioska va mobil ilovalar joriy qilinadi;
- tijorat banklari notarial idoralar va FHDYo organlaridagi maxsus kassalar orqali tuşayotgan davlat boji tölovlari summasining (1%) bir foizi miqdorida mukofot oladi;
- notarial idoralar va FHDYo organlari binosida maxsus kassalar va tölov punktlari oçilganligi uçun tijorat banklari va tölov punktlari agentlik tarmoqlari ijara tölovi, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar tölovlaridan ozod qilindi.













