Milliy matbuot markazida Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi tomonidan «Özstandart» agentligining xalqaro munosabatlardagi mavqei va hamkorlik istiqbollari» mavzuida matbuot anjumani ötkazildi.

ÖzA xabar berişiça, unda agentlik boş direktori örinbosari Jasur Şukurov va boşqalar xalqaro hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda «Özstandart» agentligi ikki va köp tomonlama hamkorlik böyiça 33 mamlakat bilan 47 hujjat imzolagan. Standartlaştiriş, metrologiya va muvofiqlikni baholaş sohalarini qamrab olgan kelişuvlardan 12tasini hukumatlararo, 35tasini idoralararo bitimlar taşkil etadi.

Ma'lumotlarga köra, «Özstandart» agentligi standartlaştiriş sohasida Xalqaro standartlaştiriş taşkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), Rossiyaning «Rosstandart», Malayziyaning Standartlar departamenti, Janubiy Koreyaning Texnologiyalar va standartlar agentligi, Singapurning «Spring» kabi taşkilotlari bilan yaqin hamkorlik örnatgan.

Agentlik Metrologiya sohasida hamkorlikni qonuniylaştiruvçi xalqaro taşkilot (MOZM), Hududiy metrologiya taşkiloti (KOOMeT), Xalqaro ölçov va tarozilar byurosi (BIPM) hamda halol standarti sohasida islom davlatlari standartlaştiriş va metrologiya instituti (SMIIC) va Turkiya standartlar instituti bilan yaqin aloqa örnatgan.

«Özbekistonda halol standarti böyiça hali töliq tizim işlab çiqilmagan, halol standarti sertifikati beradigan taşkilotlar mavjud emas. Şu yönalişda işlar olib borilmoqda. Tez orada halol standarti sertifikati beradigan taşkilotga ega bölamiz», - degan Şukurov.