O‘zbekiston | 13:10 / 19.07.2018
38293
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda to‘y kortejlari jarimaga tortilmoqda

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi joriy yilning o‘tgan olti oyi bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan olti oy ichida 396 554 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan 97 174 tasi qo‘pol qoidabuzarliklardir. 

Shuningdek, 43 496 ta yo‘lovchi tashish qoidalarini buzish, 4462 ta holatda haydovchilarning avtomobil boshqaruvida uyali telefondan foydalanishi, 23 163 ta holatda tezlikni me'yordan oshirish qayd etilgan.

Boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, 3 040 ta avtomobilni mast holatda boshqarish vaziyatlari, 9 070 ta to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish holatlari kuzatilgan, 6 701 ta holatda esa tegishli hujjatlarsiz avtomobilni boshqarayotgan haydovchilar jarimaga tortilgan.

Yil boshidan buyon yo‘l patrul xodimlari tomonidan 30ga yaqin to‘y kortejlariga chora ko‘rilgan.

Mavzuga oid