Samarqandda odamlardan avtomobillarini sotib berişni vaʼdasi bilan olib, pulini bermay yurgan içki işlar xodimiga nisbatan sud hukmi öqildi.

Mazkur jinoyat va unda gumonlanayotgan leytenant Bunyod Yazdonov haqida Kun.uz avvalroq suriştiruv eʼlon qilgan edi.

“Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturi xabariga köra, uşbu şaxs jinoiy epizodlarning birinçi qismi böyiça sudda 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Firibgarlikda aybdor deb topilgan Bunyod Yazdonov IIB yöl-harakati xavfsizligi xizmati leytenanti bölgan. Unga işonib aldangan fuqarolarning işonçiga avvalo uning formasi va lavozimi sabab bölgan. Odamlar uni davlat tizimi vakili sifatida qabul qilgan. Çunki u fuqarolar oldiga formada, xizmat maşinasida kelgan. Odamlardan qimmatbaho maşinalarini sotib berişini, qisqa muddatda pullarini qaytarib berişini aytib işontirgan.

Toyloq tumanida önlab, ehtimol yuzlab odamlar uning vaʼdalariga aldangani aytilmoqda. Jabrlanganlar soni köp, şu bois yetkazilgan zarar miqdori ham katta. Bunyod Yazdonov suddagi körsatmasida millionlab dollarlar haqida gapirgan.

“Bu mavzu tört yildan beri davom etyapti. Keladi, maşinam bor deydi. Keladi, pulim bor deydi. Keladi, uyim bor deydi... Kimga yoqmaydi 10 ming dollar pulini 15 ming dollar qilib... Masalan, bitta fuqaro pul bergan bölsa, ikkinçisini yetalab keladi.

Köçadan olgan bölsam, boşida zör bölsa 1 mln dollar pul olganman, hisoblasa 1 mln dollarga ham yetmaydi. Hozirgi keça-kunduzga hisoblasangiz, 3 mln... eh-he, tölangan pullar taxminan 2 mln dollarga yaqin. 5 mln, deyarli 6 mln dollar mening böynimga eski foiz-moiz bilan qöşilib kelyapti”, – degan sobiq IIB xodimi.

Bunyod Yazdonov sudda bir ayolning vaʼdalariga işonib, uşbu holatga tuşib qolganini aytgan (bu ayol haqida Kun.uz suriştiruvida ham söz borgandi).