“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida abituriyentlardan tibbiy ma'lumotnoma söraş talabini bekor qiliş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, respublikada oliy ta'lim muassasalariga ilmga çanqoq, kelajakda yaxşi mutaxassis bölaman, deb oldiga aniq maqsadlar qöygan yuz minglab yoşlar tomonidan hujjatlar topşirilmoqda.
“086 raqamli “Tibbiy ma'lumotnoma”ning biror bir informativ qimmati yöq. Çunki ba'zi ixtisosliklardan taşqari barça oliy öquv yurtlarida har qanday kasallik bilan hisobda turadigan bemorlargina emas, balki nogironlarning ham ta'lim oliş huquqi çeklanmagan. Şunday ekan bu ma'lumotnoma nima uçun kerak? Keltirilgan ba'zi mutaxassisliklar esa abituriyentni maxsus tibbiy körikdan alohida komissiyalar orqali ötkazadilar.
Ma'lumki, 086 formadagi ma'lumotlar (qon va boşqa tahlillar) 1 oydan keyin eskirgan hisoblanadi. Tibbiy ma'lumotnomaga faqat tuman markazidagi köp tarmoqli poliklinika vraçlari imzo va şaxsiy muhrlarini, tuman tibbiyot birlaşmasi esa gerbli muhrni uriş huquqiga ega. Şaharlarda bu muammo balki kiçikdir, lekin tuman markazidan 50 km va undan ortiq masofada yaşovçi abituriyent uçun bu albatta vaqt va mablağ sarfini talab qiladi. Heç qanday qimmati bölmagan ma'lumotnoma uçun şunça ovoragarçilik zarurmi? Ba'zi OTMlar esa ma'lumotnomaning Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan şaklida körsatilmagan bölsa ham dermatovenerolog va tanosil kasalliklarini aniqlaşga möljallangan RV qon tahlilini ham talab qilişi bunga misol bölib, köngilni xira qiladi”, - deyiladi murojaatda.
“Bizning fikrimizça, abituriyent taqdim qilişi lozim bölgan hujjatlar röyxatidan tibbiy ma'lumotnoma, ya'ni 086 formani çiqarib taşlaş vaqti allaqaçon yetib keldi”, - deya yakunlangan murojaat matni.








