«Boko Haram» radikal terrorçi guruhining Çad ğarbidagi qişloqlardan biriga amalga oşirgan hujumi natijasida 18 kişi halok böldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Voqea Niger çegarasidan unça uzoq bölmagan hududda sodir bölgan.

Xabarda aytilişiça, voqea 21 iyulga ötar keçasi sodir bölgan. Bosqinçilar 18 nafar kişini öldirgan, 2 kişiga jarohat yetkazgan hamda 10 ayolni öğirlab ketgan.

Asosiy bazasi Nigeriya hududida bölgan «Boko Haram» terrorçilik guruhi ğarbça ta'lim tizimini butkul rad etadi hamda butun mamlakat böylab şariatga asoslangan tuzum örnatişga harakat qiladi. Huquqni himoya qiluvçi taşkilotlarning hisob-kitoblariga köra «Boko Haram» guruhining qurbonlari soni keyingi 8 yilda 20mingdan oşib ketdi.

Taşkilot Kamerun, Niger, Çad davlatlari tomonidan öziga qarşi amalga oşirilgan harbiy amaliyotlarga javoban köplab teraktlarni amalga oşirgan.