Iyun oyidan buyon “Boko haram” terrorçi guruhining qariyb 8 ming nafar jangarisi va ularning oila a'zolari Nigeriya hukumatiga taslim böldi. Bu haqda milliy armiya komandiri Abdulvahob Eyitayoga asoslanib Vanguard gazetasi xabar berdi.
Uning sözlariga köra, jangarilarning ommaviy ravişda taslim bölişiga hukumat qöşinlarining ularga zarba berişni kuçaytirgani sabab bölgan.
Mahalliy Sahara Reporters naşrining yozişiça, jangarilarning taslim bölişining yana bir sababi tört oy avval “Boko haram” yetakçisi va asosçilaridan biri Abubakar Şekauning ölimidir. U may oyida “Ğarbiy afrikadagi islom davlati” (ISWAP) terrorçi guruhi jangarilari bilan töqnaşuvda halok bölgandi.
“Boko haram” terrorçi guruhi 2002 yilda Nigeriyaning Borno ştatida paydo bölgan. Uning a'zolari mamlakatda hokimiyatni egallaşni maqsad qilgan. BMTning ma'lumot berişiça, oxirgi 10 yil davomida Nigeriyada 35 ming kişi “Boko haram” jangarilari qurboniga aylangan.








