Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping 21 iyul kuni rasmiy taşrif bilan Senegal poytaxti Dakar şahriga keldi. Bu haqda Le Monde naşri xabar bermoqda.

10 yildan buyon Senegalga ilk safarini amalga oşirayotgan Si Jinpingni Dakarda aeroportda mamlakat prezidenti Maki Sol hamda uning rafiqasi kutib olgan.

21 iyul kuni tunda ikki davlat rahbarlari örtasida yuzma-yuz uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvdan söng taşkil etilgan matbuot anjumanida Senegal prezidenti Sol Xitoy rahbari bilan «ikki tomonlama hamkorlik, Xitoy-Afrika aloqalari va xalqaro voqealar» yuzasidan fikr almaşganini ma'lum qildi. Öz navbatida Xitoy rahbari ham «Xitoy-Afrika aloqalarining yorqin kelajagiga işonişi»ni aytib ötdi.

Ikki davlat rahbari sud tizimi, iqtisodiy va texnik hamkorlik, fuqaro aviatsiyasi va inson kapitalini şakllantiriş sohalarida 10dan ortiq şartnomalarni imzoladi.

Xitoy Senegalning Fransiyadan keyingi ikkinçi yirik iqtisodiy hamkori hisoblanadi. Ikki mamlakat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 2016 yilda 2 milliard dollarni taşkil qilgan. Şuningdek, Xitoy Senegal uçun Fransiyadan keyin ikkinçi importyor mamlakat hisoblanadi. Xitoydan import qilingan mahsulotlar hajmi 2013 yilda 346 million yevroni taşkil qilgan bölsa, bu körsatkiç 2017 yilga kelib 559 million yevroga yetgan. Öz navbatida, Senegal ham Xitoyga asosan kimyoviy minerallar eksport qiladi. 2017 yilda eksport hajmi 117 million yevroni taşkil qilgan.

Senegaldagi köplab infrastrukturalar, jumladan stadionlar, avtomobil yöllari, bitta şifoxona, bitta Katta teatr, milliy kuraş arenasi va qora tanli xalqlar sivilizatsiyasi muzeyi Xitoy tomonidan qurilgan.

Si Jinping 22 iyul kuni Senegaldagi taşrifini yakunlaydi. Uning navbatdagi manzili Ruanda hamda Janubiy Afrika Respublikasi böladi.