Joriy yilda Özbekiston Afğonistonga 153 million dollarga teng miqdorda elektroenergiya yetkazib berişni rejalaştirmoqda, deb bayonot berdi «Özbekenergo» boşqaruv raisi örinbosari Şuhrat Şeraliyev.

«Özbekenergo» mintaqaviy hamkorlik masalasi, şu jumladan uşbu jarayonda Afğoniston Respublikasining iştirokiga katta e'tibor qaratmoqda. Özbekiston 2002 yildan buyon Afğonistonning şimoliy hududlariga (Kobul, Mozori-Şarif va Hayraton) elektroenergiya yetkazib kelmoqda. 2017 yil dekabr oyida esa Afğoniston tomoni bilan joriy yilda 2 mlrd kVt/s - 153 million dollar miqdordagi energiya yetkazib beriş böyiça kelişuv imzolangan», – deydi Şeraliyev.
Afğon tomonidan energiyaga bölgan talabning ösib borişi inobatga olinib, Özbekiston quvvati 500 kV bölgan «Surxon-Puli-Xumri» elektr uzatiş liniyasi qurilişini boşlagan. Taxminan 250 km uzunlikdagi elektr uzatiş liniyasini qurib bitkaziş deyarli 150 million dollarga baholanmoqda. Loyiha işga tuşişi bilan elektroenergiyani eksport qiliş hajmi yiliga 8 mlrd kVt soatga oşişi mumkin.












