Iyul oyining boşida Özbekiston Qozoğiston banklariga öz bozoriga kiriş imkoni uçun şaroitlarni yengillaştirdi, bu uzoq vaqtdan buyon öz filiali oçişni rejalaştirgan Qozoğistonning Halyk Bank’iga yöl oçdi.

Misol uçun, noyabr oyida bank rahbariyati faol bozorni faol örganiş bosqiçida ekanligi ma'lum böldi.

May oyida bu ma'lumot tasdiqlandi va bank boşqaruvi raisi Umut Şayaxmetovaning ta'kidlaşiça, hujjatlar töplami tayyorlangan, tartibga soluvçi - Özbekiston Markaziy banki bilan muvofiqlaştiriş talab etiladi.

10 iyulga qadar faqat «A» reytingiga ega bölgan xorijiy banklar Özbekistonda litsenziya olişi mumkin edi, ammo yangi kelişuv bilan hamma narsa özgardi, deya yozadi Diplomat Magazine.

«Kelişuv doirasida qozoq banklariga Özbekiston hududida transçegaraviy muassasani taşkil etiş yoki sotib oliş imkoniyati berildi, bunda ular zarur şartlarga javob berişi kerak. Şartlar orasida: boş bank uçun tenge ekvivalentida ustav kapitali 100 mln yevro miqdorida va transçegaraviy muassasa uçun 100 mlrd söm miqdorida bölişi, şuningdek, çet el valyutasida xalqaro miqyosda Standard & Poor’s reyting agentligining „V“dan past bölmagan yoki Fitch Ratings, Moody’s tomonidan berilgan şunday darajadagi uzoq muddatli kredit reytingining mavjudligi», - deyiladi rasmiy matbuot xabarnomasida.

Aynan «B» reytingini olgan Halyk Bank’ning Gruziya va Qirğizistonda kiçik şö'ba korxonalari mavjud.

Qozoğistonda bank davlat xizmatçilarining köpçiligiga iş haqi tölaş, pensiya va davlat bilan boğliq boşqa operatsiyalarga javobgar. Qozoğistonda işlatiladigan bank kartalarining 40 foizi Halyk Bank logotipiga ega.

«Halyk Group nafaqat Qozoğiston, balki MDH hududida ham katta örin va uluşga ega. Biz hududiy miqyosda katta moliyaviy guruhmiz. Özbekiston bizga qiziq. Ha, muzokaralar olib bordik. Özbekistonda şö'ba bankni oçişga ruxsat oliş uçun hujjatlarni töplayapmiz», - degandi Şayaxmetova bahorda. 

2017 yilda Halyk Bank  mamlakatda öşa paytdagi eng yirik banklardan biri bölgan «Kazkommertsbank»ni sotib oldi, va uni öz tarkibiga kiritişga kirişdi.

«Agar Halyk Bank jiddiy sarmoyalar bilan çiqsa, u „Kazkommertsbank“ni sotib olganida buni amalga oşirişi mumkinligini isbotlagan, unda bu Özbekiston bank sektoridagi muvozanatning özgarişiga olib kelişi mumkin», - deya yozadi Diplomat Magazine.