«Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi himoyaçisi Jyerom Boateng katta ehtimol bilan faoliyatini Fransiya çempionatida davom ettiradi.

Sky Sport xabariga köra, 29 yoşli futbolçi tez orada «Pari Sen-Jyermen» klubi bilan şartnoma imzolaydi. Ayni paytda tomonlar örtasida ötkazilayotgan muzokaralar yakuniy bosqiçga yetib kelgan. 

Avvalroq, «PSJ» Boateng uçun «Bavariya»ga 50 million yevro taklif qilgani, myunxenliklar klubi futbolçisi uçun 80 million yevro talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ayni vaqtda tomonlar 60-70 millionlik narxga kelişgani aytilmoqda. Futbolçining xizmatiga «Mançester Yunayted» ham qiziqiş bildirmoqda.

Xuddi şu vaqtda «Bavariya» prezidenti Uli Xeness myunxenliklar yaqin vaqtlar içida 3 futbolçi bilan xayrlaşişini ma'lum qildi. Ammo transferga qöyilayotgan futbolçilar nomini oşkor etmadi.

Ötgan mavsumda uşbu futbolçi Bundesliganing 19ta öyinida maydonga tuşib, 1ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.