AQŞ prezidenti Donald Tramp Air Force One samolyoti bortida CNN telekanali translyatsiyasini körib, darğazab böldi, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.

Hodisa Donald va Melanya Trampning xorijiy taşriflaridan birida yuz bergan, deya aniqlik kiritadi gazeta. AQŞning birinçi xonimi odatda tomoşa qiladigan televizor CNN translyatsiyasiga sozlangan bölgan.

Ta'kidlanişiça, Tramp har bir safarda boşqa telekanal - Fox translyatsiya qilişiga oid qoida buzilgani uçun öz xodimlaridan ğazablangan. NYT’ning eslatişiça, Tramp Fox’ni ma'qul köradi, CNN’ni esa «fake news» deb ataydi. Gazetaning ta'kidlaşiça, bu öz navbatida Air Force One bortida «bir qadar tuşunmovçilikni» keltirib çiqardi.

Amerikalik amaldorlarning özaro yozişmasida bildirilişiça, birinçi raqamli bortda televizorlar bundan keyin Fox telekanaliga sozlangan böladi, bu «standart operatsion jarayonga» aylanadi.