Aralaş yönaliş böyiça rossiyalik jangçi Fedor Yemelyanenko AQŞ FQB qanday taklif bilan çiqqani haqida aytib ötdi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Yemelyanenko aprel oyi oxirida Çikagoga amerikalik Frenk Mir bilan jang ötkaziş uçun kelgan. Britaniyaning The Telegraph naşri ma'lumotiga köra, mehmonxonada rossiyalik bilan FQB agentlari suhbat ötkazgan.

«Biz maşğulotlardan mehmonxonaga qaytib keldik, u yerda bizni FQB zobiti kutib turgandi. U özini taniştirib, taşrif qoğozini berdi hamda biz kutilmagan vaziyatlarda töğridan-töğri unga murojaat qilişimiz mumkin ekanini aytdi», - deya ma'lum qilgan Yemelyanenko.

41 yoşli sportçi bu nima bilan boğliq ekaniga aniqlik kiritmagan.