25 iyul kuni «Everton» «Uotford»dan braziliyalik yarim himoyaçi Rişarlisonni 50 million funt evaziga transfer qildi. Qayd etiş kerakki, uşbu futbolçi ötgan mavsumda Angliya çempionatidagi 38 öyinda ham maydonga tuşgan va 5 gol urib, 7 golga uzatma bergan. U oxirgi marta ötgan yilning 19 noyabrida gol urgan, APLda 20 uçraşuvdan iborat golsiz seriya qayd etgan.
Qanday qilib oddiy futbolçini 50 million funtga pullaş mumkin?
1. Bu iş Angliyada bölişi kerak
Bu şart. Transferning Angliyada amalga oşirilişi har qanday summani ikki barobar oşirişi turgan gap. Tinçgina APLning 10-12 örinlarida yuriş va translyatsiyalarning özidan yiliga 140 million yevro işlab oliş imkoniyati hamma joydayam yöq. Qandaydir «Bornmut» «Napoli»dan köproq pul topganidan keyin, albatta, transfer uçun odatdagidan köproq pul tölaşiga töğri keladi. Birinçidan, pul köproq, ikkinçidan, har holda «Napoli» Çempionlar Ligasida qatnaşadi.
2. Imkon qadar, futbolçi ham sal iqtidorli bölişi kerak
Bu ja muhim talab emas-ku, lekin işni osonlaştiradi. Aslida, futbolçi yurişni, yugurişni, tezlik olişni va töp tepişni bilsa kifoya. Ammo rostanam yaxşigina summa haqida gap borganida, futbolçida jalb qiluvçi iqtidorning bölişi ortiqçalik qilmaydi. Işni osonlaştiradi.
3. Futbolçi barqaror bölsin
Aslida buyam muhim emas. Aniqroği, barqarorlik deganda aynan nima nazarda tutilayotganini biliş lozim. Ikki mavsum yuqori saviyada öynaşmi? Yoki ikki oy yetadimi? Ba'zilar uçun futbolçining fintlar va foydali harakatlaridan iborat lavhasining YouTube portalida mavjud bölişiyam yetib qoladi.
4. Futbolçini sobiq murabbiyiga soting
Iliq munosabatlar doim naf keltiradi. Masalan, jamoadan yaşirin ravişda boşqa klub bilan muzokara ötkazgani uçun janjal yuzaga kelib, haydalgan murabbiy... U bilan aloqani uzmang, hali u yana jamoaga foyda keltirişi mumkin. U yangi jamoasida eski şogirdlaridan birini körmoqçi bölişi va faqat u bilan işlaşi mumkinligini yangi klub rahbarlariga aytib, ularni işontirişi mumkin. Futbolçi superiqtidorli bölmasa ham, murabbiyning falsafasiga mos bölişi mumkin. Şu darajadaki, transfer byudjyetining qariyb yarmini sarflaydi.
5. Futbolçi uçun juda köp talabgorlar borligini ayting








