Inson qalbi yaxşi sözlar bilan ozuqlangisi keladi. Dili yaxşiliklarga, ezgu amallarga taşna böladi. Ba'zan uni insonlar tajribasidan, hikmatli sözlar öqiş bilan ham oliş mumkin. Mana şunday ijobiy işlarni amalga oşiriş maqsadida, Kun.uz tahririyati mustaqil islomşunos va ilm izlanuvçisi Zahiriddin Mansur bilan yangi loyihaga qöl urdi.

Rustamov Zahiriddin Alouddin öğli Qirğiziston Respublikasi, Öş viloyati, Qorasuv şahrida dunyoga kelgan. Dastlabki islom va dunyo ilmini otasi Şayx Alouddin Mansurdan örgangan. 

Şayx Alouddin Mansur
Foto: ziyouz.uz

Şayx Alouddin Mansur Özbekistonda islom dini rivojlanişiga hissa qöşgan islomşunos tarjimon hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki yillari Qur'oni Karimni birinçilardan tarjima qilib, özbek kitobxonini xuşnud etgan inson. 

Hozirda farzandi Zahiriddin Mansur diniy, falsafiy va ilmiy yönalişlarda ijod qilib kelmoqda. Quyida ijod mahsullaridan biri - yangi loyiha “Toşni teşgan tomçilar” hikmatlar yiğindisidan bahramand bölişingiz mumkin.

“Uşbu bitiklar turli arabiy manbalar mutolaasi jarayonida tafakkurga undagan hikmatlarning tasavvurimizda jonlangan izlaridir. Hikmatlardan birida aytiladi: “Agar toşga inson bölgil, desangiz,  u  men bunçalik qöpol, toşbağir böla olmayman!”, – deydi. Darhaqiqat, gunohlar zangidan qorayib qotgan qalb toşdan-da qattiqdir. Qur'oni karim va hadisi şarif ma'nolaridan quvvat olgan  “Adabud dunyo va din”, “Sehrul baloğa va sirrul baröa”, “Xizanatul adab”,  “Atvaquz zahab fil mavöizi val xutab”, “Unvonul bayon va böstonul azhan” kabi va boşqa adab ilmiga oid manbalardan olingan taassurotlar ba'zan xotirada, ba'zan yon daftarimiz hoşiyalarida örin olgan edi. Mazkur hikmatlarni imkon darajasida şarhlagan böldik va ularni majoziy ma'noda “Toşni teşgan tomçilar” deb ramziy nomladik. 

Mana, ulardan ayrimlarini bir şodaga jamlab, siz aziz öquvçilarga taqdim qilyapmiz. Öylaymizki, mazkur davomli loyihamiz sizlarga manzur böladi. Loyihamizni tez orada mustaqilligining 27 yilligini nişonlaydigan millatdoşlarimiz - özbek xalqiga bizdan sovğa sifatida ulaşdik.

Sen kelajagingni özgartirişga qodir emassan, lekin odatlaringni özgartirişing mumkin, zero odatlar kelajagingni özgartiradi”, - deydi muallif.