Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning milliy valyutadagi hisobvaraqlarini yuritiş tartibiga tuzatişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Norezidentlarga, tovar-xom aşyo birjalaridagi qolgan barça birja savdolari iştirokçilariga bölgani singari, hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan hisobvaraqlar oçiladi va yuritiladi.
 
Ma'lumot uçun: hisob-kitob-kliring palatasi – elektron kliring tizimi orqali birja bitimlari böyiça kliring, hisob-kitoblar va özaro hisob-kitoblar ötkazilişini ta'minlovçi birjaning tarkibiy bölinmasi.
 
Bunda kliring iştirokçilarining HKKPdagi şaxsiy hisobvaraqlaridagi mablağlardan quyidagi maqsadlarda foydalanilişi mumkin:

• ular örtasida bitimlar böyiça majburiyatlarni bajariş bilan boğliq hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun;
• savdo sessiyalarida iştirok etiş uçun zakalat sifatida;
• mijoz topşiriğiga köra – kliring iştirokçisining xizmat körsatuvçi bankidagi hisobvaraqqa qaytariş uçun;
• birja xizmatlari haqi, brokerlik haqini tölaş böyiça hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun;
• qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan eksport (import) bitimlarini ijro etiş bilan boğliq tölovlarni amalga oşiriş uçun; 
• bitimlarni tuziş va ijro etiş bilan boğliq boşqa hollarda.
 
Şunga qaramay, Tovar-xom aşyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini ötkaziş qoidalariga norezident-yuridik şaxslarga mahalliy banklarda hisobvaraqlar oçiş va TXB oçiq elektron savdolarida mahsulot sotişdan olingan mablağlar hisobiga xorijiy valyuta sotib oliş (sotiş) imkonini beruvçi qöşimçalar kiritilgan edi. Şu tariqa, Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning milliy valyutadagi hisobvaraqlarini yuritiş tartibi yuqoridagi hujjatga muvofiqlaştirildi.
 
Belgilanişiça, mahsulotni sotişdan tuşgan mablağlar va norezidentlar (yuridik şaxslar) – TXB oçiq elektron savdolari iştirokçilariga milliy valyutada oçilgan bank hisobvaraqlariga kelib tuşgan boşqa taqiqlanmagan mablağlar hisobvaraq egasining körsatmasiga köra:
 
• xorijiy valyutani sotib oliş uçun işlatilişi;