Alloh taoloning inson zotiga körsatgan çeksiz marhamatlaridan biri şubhasiz suv ne'matidir. Zamindagi biror tirik jon suvdan behojat bölolmaydi. Uşbu hayotdagi barça narsa suv bilan tirikdir. Lekin Yaratuvçi bu uluğ ne'matini maxsus bir suv bilan xosladi. Unga fazl va barakot ato etdi. Musulmonlar kurrai zaminning turli nuqtalaridan uşbu xos ne'matdan bahramand böliş uçun keladilar. U ham bölsa zamzam suvidir. Xöş, zamzam suvi özi nima va uning qanday mö'jizakor xususiyatlari bor?
Foto: Wikimedia
Zamzam suvi
Zamzam suvi bu - zamzam quduğidan çiqadigan suvdir. Bu quduq Makkai mukarramadagi Haram hududida joylaşgan. Bu suv barça musulmonlar nazdida muqaddas suv hisoblanadi. Zero, Alloh taolo uni öziga xos mö'jizaviy xususiyatlar bilan boşqa suvlardan afzal qilgan. Dini Islom ta'limotlariga köra, zamzam buloğini Alloh taolo Ismoil alayhissalom va uning onasi uçun çiqarib bergan.
Zamzam quduği Makkiy Haram hududi öz içiga olgan muhim tarixiy unsurlardan biri hisoblanadi. U yer sathidagi eng maşhur buloq bölib, musulmonlar qalbida öziga xos ruhiy örni bor. Ayniqsa, hojilar va umra ziyoratçilari uçun bu suvning ahamiyati katta. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: “Yer yuzidagi eng yaxşi suv zamzam suvidir. U töyimli taom va kasallikdan şifodir” (Tabaroniy rivoyati, al-Mö'jam al-Kabir, sahih hadis).
Jobir raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa şunday marhamat qilinadi: “Zamzam suvi nima niyatda içilgan bölsa, öşa niyatning röyobga çiqişiga sabab böladi” (Imom Ahmad, ibn Moja va boşqalar rivoyati).
Foto: Wikimedia
Zamzam suvining nomlari
Zamzam suvining köp nomlari bölib, quyida ularning ba'zilarini zikr qilamiz:
1. “Zamzam” va “Zumazim”. Bu söz “zamma-yazimmu-zumuman” fe'lidan olingan bölib, biror idişga suv lim-lim tölib yonlaridan oqib tuşganda işlatiladi. Zamzam buloğining suvi köp va barakali bölganligi uçun şunday nomlangan. Boşqa bir rivoyatda kelişiça, zamzam buloği otilib çiqqan paytda Hojar onamiz unga qarab “zam-zam!” ya'ni “köpay va ziyoda böl!”, degan ekanlar. Yana bir qavlga köra esa zamzamning bunday nomlanişi Jabroil alayissalomning zamzamasidan ya'ni, fariştaning mazkur buloq ustida çiqargan tovuşi va kalomi tufaylidir. Boşqa bir fikrga köra, mazkur buloq ilk marotaba otilib çiqqan vaqtda özidan maxsus tovuş çiqarib şarqirab turgan, şu sababli zamzam deb nomlangan. Zero, zamzama sözi şovqin bermoq, muttasil tovuş çiqarmoq ma'nosini anglatadi. Zamzama sözining yana bir ma'nosi biror narsaning yoyilib ketgan çetlarini töplaş, tarqalib ketmasligi uçun jamlaş ma'nosini anglatadi.
Mavzuga oid
2. “Baraka” va “Muboraka”. Baraka sözi ösiş, ziyoda böliş, köp yaxşilik va saodat ma'nolarini anglatadi. Zero, ularning bari zamzamda mavjuddir.
3. “Barra”. Bu söz yaxşilik, ezgulik va vafo ma'nolarini anglatuvçi “birrun” sözidan olingan. Çunki Alloh taolo bu suv bilan Ismoil alayhissalomga yaxşilik qilgan. Yana bir qavlda esa aytiladiki, çunki u abrorlar, ya'ni yaxşilar uçun oqib çiqqan, fojirlardan esa tiyilgan.
4. “Buşro”. Buşro sözi luğatda yaxşilik va xursandçilik xabari, mujda ma'nosini anglatadi. Zamzamning bunday nom bilan atalişiga sabab özi va öğlining hayotini saqlab qoliş uçun jon holatda suv qidirayotgan paytda Hojar onamiz uçun xuşxabar bölganligidandir. Zero, Hojar onamiz Safo va Marvo orasida suv izlab umidlari uzilay degan paytda Alloh taolo tomonidan in'om qilingan zamzamni körib qolgaç, benihoya xursand bölib ketadilar va “menga xuşxabar bölsin, axir bu suv-ku!”, deb yuboradilar.
5. “Maktuma” (yaşirilgan). Jurhum qabilasidan söng zamzam buloği yerga kömilib, berkilib ketganligi uçun şunday atalgan edi. Söngra Abdul Muttolib uni qayta oçgan.
6. “Haramiyya”. Zamzam quduği Alloh taoloning Harami içkarisida bölganligi tufayli unga “Haramiyya”, ya'ni Haram buloği degan nom berildi.
7. “Rakzatu Jibriyl” (Jabroilning qanot qoqişi), “hazmatu Jibriyl” (Jabroil paydo qilgan quyilik, çuqirça), “vat'atu Jibriyl” (Jabroilning oyoq bosişi). Zamzam suvining bunday nomlar bilan nomlanişiga sabab uning Jabroil farişta öz qanoti bilan yerga urişi yoxud oyoği bilan yerga tepişi natijasida paydo bölib, yerdan otilib çiqqanligidir.
8. “Solima” (soğlom va salomatli suv). Zamzamning bu ism bilan nomlanişiga sabab unda salomatlik va ofiyat borligidandir.
9. “Siqoyatul hoj” (Hojilarga suv beriş). Zamzam suvi hojilarni suv bilan ta'minlaydi. Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam hojilarni zamzam suvi bilan ta'minlaş işini Abbos raziyallohu anhu va oilasiga topşirdilar.
10. “Sayyida”. Çunki zamzam suvi boşqa barça suvlarning sayyidi, eng afzali, eng şaraflisi va eng qadri balandi hisoblanadi.
11. “Şabböatul 'iyol” (kambağallarni töydiruvçi) şuningdek, “şab'a” (töqlik, töyimlilik). Johiliyat davrida zamzam buloği şu nom bilan ham nomlanardi. Sababi, u çanqaganni çanqoğini qondirardi, kambağallarning qornini töydirardi.
12. “Şarobul abror” (yaxşilarning şarobi). Sababi hamma yaxşilar va solih kişilar zamzam suvidan içişga haris böladilar.
13. “Şifau suqmin” (kasalliklar şifosi). Ibn Abbos (r.a)dan rivoyat qilingan hadisda payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam şunday marhamat qildilar: “Zamzam yer yuzidagi eng yaxşi suvdir. Unda oçiqqanlar uçun taom, kasalliklar uçun şifo bordir”. (Tabaroniy {11167, 11/98}, Haysami {3/286}, Ibn Hibbon sahih deganlar). Unda Alloh taoloning izni bilan barça kasalliklarga davo bordir. Kim şifo niyatida içsa, Allohning irodasi bilan, albatta, tuzalib ketadi.
14. “Sofiya” (sof). Zamzam barça zararli narsalardan pok va sof bölgan suvdir.
15. “Tohira” (pok). Zamzam barça aybu nuqsonlardan pok, içuvçi kişi uçun foydali suvdir. Bundan taşqari, zamzam hurmati balandligi uçun iflos narsalarga iste'mol qilinmaydi.
16. “Toyyiba” (xuş, şirin, mazali). Zamzam suvining bu nom bilan nomlanişi sabab, içgan kişi lazzatlanadi, uni hamma yaxşi köradi.
17. “Zohira” (zohir, oçiq-oydin). Zamzam suvining manfaati doim zohir bölib, körinib turadi.
18. “Ofiyat”. Zamzam suvi uni içgan inson uçun ofiyat va şifodir. Alloh taolo mutaxassis tabiblar ham davolay olmagan qança-qança kasalliklardan zamzam tufayli şifo bergan.
19. “Ğiyos” (yordam, qutuliş). Çunki u Hojar onamiz va u kişining farzandi Ismoil alayhissalom uçun yordam, qattiq qiyinçilikdan söng qutuliş manbai edi.
20. “Kofiya” (kifoya qiluvçi). Zamzam suvi uni içayotgan kişining barça hojatlariga kifoya qiluvçidir.
21. “La tunzofu vala tuzammu” (yöq bölmaydi va kamaymaydi). Zamzam suvidan qança köp içilmasin kamaymaydi ham, tugab ham qolmaydi.
22. “Ma'saratu Abbos” (Abbosning uluğ merosi). Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam hojilarga zamzam suvini içirişdek şarafli vazifani Abbos raziyallohu anhu va uning oilasi uçun ajratib beradilar. Bu esa Abbos raziyallohu anhu va uning oilasi uçun uluğlikda tengsiz bölgan meros edi.
23. “Mu'nisa” (döst, dildoş). Zamzam suvidan içgan mömin unga örganib, özida unga nisbatan doimiy mayl his qiladi va uni yaxşi körib qoladi. Mudom zamzam suvidan içgisi kelaveradi.
24. “Maymuna” (barakali). Zamzam suvi har tamonlama barakalidir.
25. “Nofi'a” (foydali). Zamzam suvi sanab tugatib bölmaydigan manfaatlarga ega ekanligi tufayli şunday nomlangan.
Foto: Wikimedia
Zamzam suvining foydalari
Zamzam suvi özining ma'naviy foydalaridan taşqari salomatlik uçun köplab foydali xususiyatlarga egadir. Ularning ba'zilarini quyida zikr qilamiz:
1. Erta qarişning oldini oladi.
2. Jismning himoya tizimini (immunitet) kuçaytiradi.
3. Ovqat hazm qilişga yordam beradi.
4. Saratonga qarşi samarali vositalardan biri hisoblanadi.
5. Jism uçun foydali bölgan ozuqa moddalarini qonga söriliş jarayonini kuçaytiradi.
6. Jismga kuç-quvvat baxş etadi. Ayniqsa, hojilar haj mavsimida bunday kuç-quvvat va energiya manbaiga muhtoj böladilar.
7. Köplab kasalliklardan tuzalişga yordam beradi. Jumladan, köriş qobiliyatining pasayişi, qizamiq, yurak-qon tomir kasalliklari, qon bosimi, qon aylanişi kasalliklari va boşqa bir qator xastaliklardan tuzalişda samarali yordam beradi.
8. Şuningdek, zamzam suvi qandli diabet kasaliga çalinganlar, buyrak xastalari uçun ham şifodir. Şu bilan birga suyak va böğin kasalliklari, oşqozon-içak kasalliklari, hazmdagi muammolar, yöğon içak muammolari, qabziyat va yana bir qança kasalliklarni davolaşda samarali vosita hisoblanadi.
Foto: Wikimedia
Zamzam suvini boşqa suvlarga aralaştiriş haqida
Agar zamzam suvidan boşqa oddiy suvlarga aralaştirilsa mazkur oddiy suv unga qöşilgan aralaşma miqdoriça barakot va fazilat kasb etadi. Qança köp aralaştirilsa, şunçalik barakoti ortadi. Kamroq aralaştirilgan bölsa ham mazkur suv zamzam qöşilmagan suvdan afzalroq va barakotliroq böladi. Zero, zamzam aralaştirilgan suvdan içgan kimsa zamzam suvining ma'lum miqdorini içgan hisoblanadi. Şu tufayli, uning fayzidan bonasib böladi.
Imom Kosoniy (rahimahulloh) aytadilar: “Agar bir kimsa zamzam suvidan iborat bölgan biror suvni içmayman deb qasam içgan bölsa va öşa (zamzamdan iborat bölgan) suvga boşqa suvlardan juda köp miqdorda quyilib, natijada zamzam suvi öziga quyilgan köp miqdordagi suvga aralaşib, boşqa suv uning ustidan ğolib kelsa va şundan söng, mazkur suvdan içsa, qasamini buzgan hisoblanadi” (“Badoi'u-s-sanoi'”: 3/63;).
Yuqoridagi matnda aytilmoqçi bölayotgan narsa şuki, zamzam suvini içmayman deb qasam içgan kişi öziga juda köp oddiy suv aralaştirilişi natijasida oddiy suvga aralaşib ketgan zamzam suvidan içsa, qasamiga rioya qilmagan va zamzamdan içib qöygan hisoblanar ekan. Bu esa oddiy suvga aralaştirilgan zamzam butkul yöqolib ketmasligini anglatadi. Balki, u aralaşgan suviga barakot kirgazadi.
Şu ma'noda, zamzam aralaştirilgan suvga “zamzam” deyilsa ham u hukman zamzam maqomida böladi. Unda zamzamning barakoti va fazilati mavjud böladi. Oddiy suvlardan ortiq böladi. Unga har qança köp suv quyilsa ham baribir, içida zamzam mavjud böladi. Ammo fazilatda musaffo zamzamçalik bölmaydi.
Sahobai kiromlar nafaqat zamzam, balki Nabiy alayhissalom tahorat qilgan suvlardan ham tabarruklanganlar. Uzoqdan kelgan kişilar uylariga qaytişda U zotning (alayhissalom) tahoratdan qolgan suvlarini özlari bilan olib ketib, uni köp miqdordagi suvlarga qöşib köpaytirganliklari rivoyat qilinadi.
Bu ham bölsa, tabarruk narsa boşqa oddiy (tohir va pok) narsaga aralaştirilganda, aralaştirilgan oddiy narsa ham barakot va fazilat kasb etişiga dalolat qiladi.
Rivoyat qilinişiça, Nabiy alayhissalom Makkaning hokimiga odam yuborib, undan Madinaga zamzam suvidan jönatişni talab qilar ekanlar. Bundan maqsad, Madinaliklar ham zamzamdan yuqorida aytilganidek, oddiy suvlarga aralaştirib, köpaytiriş orqali bahramand bölişlari uçun ekan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi