Xalqaro çempionlar kubogi doirasida «Milan» «Barselona» ustidan ğalabaga erişdi. AQŞdagi Santa-Klare şahridagi «Levayz» stadionida keçgan uçraşuv italiyaliklarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.  

Öyindagi yagona gol ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalar yakunida urildi. 93-daqiqada milanliklar hujumçisi Andre Silva aniq harakat qildi.

Şu tariqa, «Milan» turnirdagi ilk ğalabasini nişonladi, jamoa 3 öyinda 4 oçkoni qölga kiritdi. «Barselona» esa turnirni ğalabasiz yakunladi. Birinçi öyinda katalonlar «Tottenhem Hotspur»ni penaltilar seriyasida mağlub etişgandi, ammo reglament böyiça bu ğalaba jamoaga faqat bir oçko beradi. Keyingi öyinni Italiyaning boşqa bir klubi «Roma»ga qarşi ötkazgan Ernesto Valverde şogirdlari 2:4 hisobida mağlubiyatga uçraşgandi.

International Champions Cup 
Milan Italiya – Barselona Ispaniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Andre Silva.
Milan – Donnarumma, Romanoli, Rodriges (Antonelli, 61), Kalabriya (Abate, 61), Musakko (Sapata, 79), Lokatelli (Mauri, 61), Çalxanoglu, Borini (Xaliloviç, 62), Kessie, Suso (Bonaventura, 79), Kutrone (Andre Silva, 61).
Barselona – Sillessen (ter Stegen, 46), Langle, Marlon (Mingesa, 77), Miranda, Serdji Roberto, Artur, Rafinya (Abel Ruis, 77), Malkom, Nelson Semedu, Munir, Pako Alkaser (Puç, 46).
Ogohlantirişlar: Langle (49), Çalxanoglu (57), Kessie (66), Mauri (72).