Futbol böyiça Misr terma jamoasining sobiq boş murabbiyi, argentinalik mutaxassis Ektor Kuper Toşkentga yetib keldi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, Ektor Raul Kuper bortida bölgan samolyot bugun tongda, soat 06:10da “Islom Karimov” nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga kelib qöndi.
Toşkent xalqaro aeroportida 62 yoşli mutaxassisni kutib oliş marosimi taşkil etildi. Bugun soat 15:00da Milliy Olimpiya qömitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga taniştiriş marosimi hamda u bilan matbuot anjumani taşkil qilinadi.






Eslatib ötamiz, Ektor Kuper bundan buyon Özbekiston milliy terma jamoasini boşqaradi.







