Davlatimiz rahbari Ş.Mirziyoyevning bevosita taşabbuslari bilan hozirgi kunda 2017—2021 yillarda Özbekistonni rivojlantirişning harakatlar strategiyasidagi bir qator yönalişlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun izçil harakatlar olib borilmoqda.
Harakatlar strategiyasining ikkinçi yönalişida körsatib ötilgan — sud-huquq sohasini isloh qilişda sudlarning mustaqilligini ta'minlaş bilan bir qatorda, sud jarayonlarida davlat qoralovçisi va advokatlarning tengligini ta'minlaş böyiça ham davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 may kungi «Özbekiston Respublikasi Sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Samarqand şahrida prezidentimizning mazkur farmoni ijrosiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.

Qayd etib ötiş joizki, mazkur farmonda advokatlarning bir qator vakolatlarini kengaytiriş va ularning faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlarining izçil oldini oliş qat'iyatlik bilan belgilab qöyildi.
Albatta, mazkur farmonning ijrosini ta'minlaş böyiça hukumatning bir qator qarorlari va ayrim qonunlarga özgartirişlar kiritiş taqozo etilmoqda. Mana şunday özgarişlarni izçillik bilan kiritib boriş, amaliyotda röy berayotgan bugungi yangiliklarni milliy qonunçiligimizda mustahkamlab qöyiş böyiça advokatlarimiz özlarining taklif va mulohazalarini berib borişmoqda.
Bugungi kunda advokatura institutini isloh qiliş bilan bir qatorda, ularga yuklatilgan mas'uliyatni oşiriş, ya'ni malakali yuristlarni yetiştirib beriş, yuristlarimizning bilim va mahoratini oşiriş, yuridik va jimsoniy şaxslarni Konstitutsiyamizda körsatib qöyilgan qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan köpgina işlar amalga oşirilişi kerak böladi.
— Bugungi kunda viloyatimizda 70 ta advokatlik tuzilmasi faoliyat körsatmoqda, — deydi KUN.UZ bilan suhbatda Advokatlar palatasi Samarqanda viloyat hududiy boşqarmasi boşliği Otabek Axtamov. — Ularda işlayotgan 364 nafar advokat tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida 78 ta bepul yuridik yordam körsatildi. Şuningdek, 12 mingdan ziyod yuridik yordam körsatiş şartnomalari tuzildi, mingdan ortiq şaxslarga lokal yuridik hujjatlarni tayyorlaşda amaliy yordam berildi. Bundan keyingi tarğibot tadbirlarimizni ötkazişda qator taşkilotlar vakillari bilan hamkorlikka kelişdik.









