Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlar akademiyasi majlislar zalida Özbekiston prezidentining topşiriği ijrosini ta'minlaş yuzasidan kengaytirilgan tarzda videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda Mudofaa vaziri Abdusalom Abdumavlyanoviç Azizov ham iştirok etdi.

Bildirilgan fikr-mulohazalardan keyin Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi uçun nomzod muhokama qilindi.

«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, Sadriddin Bavabekoviç Eşanqulov Harbiy sud raisligiga tasdiqlanişi uçun rozilik berilgan. Endi bu nomzod Sudyalar oliy kengaşi tomonidan Özbekiston prezidentiga lavozimga tasdiqlaş uçun taqdim etiladi.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning mayida harbiy hay'at raisi Rahimjon Obidov Özbekiston Respublikasi Oliy sud raisi Şoyunus Ğoziyev va uning örinbosarlari qatorida lavozimdan ozod etilgan, şundan buyon bu lavozim böş qolayotgandi.