Siz ham hayotda biroz ğalatiroq odamlarni körgansiz-a, közi porlab turadigan, körganingizda xuddi qadrdonlardek tuyuladiganlarni “fayzli odam ekan”, deysiz. Faqat savollari köp, biroz notabiiy gaplari sizga eriş tuyulsa-da, içingizda unga tan berasiz.

"Portabello jodugari" Afina bolaligidanoq sirli qizça edi, uning hamma narsasi yurişi, savollari, özini tutişi ham allaqanday boşqaça edi.

Qizça tuşida “dözaxni kördim”, deganida onasi qizining gapidan dahşatga tuşib uni psixologga olib boradi, ammo ertasiga haqiqatan ularning yurtida notinçliklar boşlanadi.

Qizça ulğaygani sari uning oldiga qöyayotgan savollar va u izlayotgani hamma qatori emasligi ma'lum bölib boradi. Jamiyat, insonlar uning töğri sözlariga tan berişsa-da uni qabul qilişni istaşmaydi. U bankda işlarkan avvaliga u bilan salomlaşişniyam istamaydiganlar keyinçalik usiz jamoada fayz yöqligini bilişadi.

Afina jamoa a'zolarini ruhan tinçlanişga undarkan iş insonlar uçun ğiybatxonamas haqiqiy bayramga aylanadi...

Afsuski Afinani tuşunişga oddiy inson aqli ojizlik qiladi, özini özi poklab borayotgan qizda intuitsiya kuçli edi, bu esa uni jodugar deyilişiga sabab böldi.

Kitobdagi bugunimizga xos holat - halovatning yöqligi öquvçini öziga ipsiz boğlab qöyadi. “Ön yil yotib yeyişga mablağim bor, ammo xotirjam emasman”, deb zorlangan Afinada özini, özligini anglaşga çuqur intilişni kuzatamiz. Kitob yakunigaça “Afina jodugarmi?” degan savolga javob izlaysiz. Bu kitobni bir varaqlab şunçaki qöyib qöyadigan emas, balki bir nafasda öqiladigan kitoblar sirasiga kiritiş mumkin.

"Portabello jodugari"dan iqtiboslar: Yer bizga emas, biz yerga tegişlimiz. Agar adaşdim deb öylayotgan bölsang, ustingdan kul. Işçi jamoani orkestr deb olsak yaxşi menejyer bu har bir san'atkorning holidan xabardor şaxsdir, unga kim musiqadan çiqib ketayapti, kim butun vujudi bilan kuylayapti, kim şunçaki jör bölayapti hammasi ayon. Eng ilojsiz qolganingda ham özing haqingda yaxşi fikrda böl.