Yapon xalqi azaldan qat'iyatli va metin irodali xalq deb hisoblanib kelinadi.
Samuraylar harakati, 200 yildan oşiq davom etgan «yopiq eşiklar» siyosati... juda qiziq xalq xullas.
Tarixiga qiziqsam-da, heç adabiyoti bilan tanişmagandim.
Şu sabab XX asrda yaşab, öziga xos yönalişda ijod qilgan Kobo Abening «Qumdagi xotin» romanini öqib çiqişga qaror qildim.
Juda qiziq. Öquvçi qum söziga şunçalik köp duç keladiki, kitobni öqiş davomida qahramonlar örnida özini issiq «qafas»da yaşagandek his qiladi. Masalan, «...suv oçib ketgan oğzidagi sölakni yutmoqçi edi, yutolmadi – tomoğiga tiqilib qoldi... Sölagi qönğir, quyqa köpik bölib yiğilib qolipti. Sölagini tupurib taşlarkan, oğzida qolgan qumning gödirligini yana ham kuçliroq seza boşladi. U lablarining içki tomonlarini tilining uçi bilan yalab, tupurib taşlamoqçi bölgan edi, iloji bölmadi. Qaytaga oğzi qurib, hamma yoği yalliğlanib ketgandek böldi».
Romanda kötarilgan asosiy ğoya şaxs va jamiyat örtasidagi özaro munosabat, manfaatlar töqnaşuvi, inson qadriga qaratilgan.
Boş qahramonni adaşib qolib, keyin tutqunlikda uşlab turilgan ilk kunlarda, u «soliq tölab,tekin meditsina hizmatidan foydalaniş huquqiga ega bölgan» odam sifatida politsiya uni qidirişi, gazetalar u haqida tinmay yozişi, öqituvçilar huquqini himoya qiluvçi kasaba uyuşmalari uni qidirişiga işonçi komil edi. Lekin uni qidirişmaydi, vaqt ötib ölganlar röyxatiga qöşib qöyişadi va xotiradan öçib ketadi.
Yozuvçi bu bilan öşa davrda insonning qadri qançalik jamiyat uçun past bölganini körsatmoqçi, fikrlaşga çorlamoqçi bölgandek.
Qum. Hamma joy qum. Uning bağrida joylaşgan, boş qahramonni tutqunlikda uşlab turgan qişloq. Qişloqning öziga xos jihati şundaki,uçib yuruvçi qumlarni vaqtida tozalab turmasa çuqurlikda joylaşgan qum nurab borayotgan uylarni bosib qoladi. Tozalaş vazifasi esa çuqurdagi kiçik «qullar» jamoasiga yuklatilgan. Ya'ni jamiyatning butun oğir yuki ma'lum toifa insonlarga yuklatilib, qolganlar ularni ustida «haybarakalla»çilik qiladi.
Boş qahramonga şerik bölgan xotin hayotining mazmuni – qumni tozalaş, ularni yiğiş, xolos. Bu kabi odamlarni yozuvçi, faqat «bir tarafga boriş uçun çiptasi bor» insonlar deb ta'riflaydi. Boriş bor, qaytiş yöq.
Fikrimça, qumlar bu - turmuş taşvişlari,bizga yuklab qöyilgan burç va vazifalar. Hayotimizga bir qarang, bir xil. Romandagi xotin kabi qumlar (turmuş taşvişlari)ni tozalaş (bajariş)ni töxtatib, döppini boşdan olib, hayotdan maqsadim ne, nima uçun bu dunyoga keldim deb öylamaymiz. Uni örniga qumlarni tozalab, umrimizni ötkazamiz...tozalab, umrimizni ötkazamiz...













