
Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi tasarrufidagi suv sporti turlariga ixtisoslaştirilgan bolalar va ösmirlar sport maktabi Respublikamizdagi nufuzli muassasalardan biri. Mazkur dargohdan köplab paralimpiya, jahon va qit'a çempionlari yetişib çiqqan.
Şahar markazida faoliyat olib boruvçi sport dargohiga kirib borganimda juda köplab ota-onalarning öz farzandlarini maşğulotlarga olib kelib, ularning sport bilan şuğullantirişiga jiddiy e'tibor berayotganiga e'tibor qaratdim. BÖSMda ota-onalar uçun alohida kutiş xonalari ham taşkil qilingan.


400 nafarga yaqin öquvçi-sporçilar şuğullanayotgan maskanda – akademik eşkak eşiş, baydarka va kanoeda eşkak eşiş, eşkak eşiş slalomi, suziş, sinxron suziş, suvga sakraş bölimlarida 38 ta guruhlar iş olib boradi. Guruhlarning 18 tasi sportga kamolotga erişiş böyiça, 20 tasi esa öquv-maşq maşğulotlarini ötkazib bormoqda.

Ilhomjon Ergaşboyev rahbarlik qilayotgan sport maktabida 29 nafar tajribali murabbiy faoliyat yuritib kelmoqda. Ular orasida “Özbekistonda xizmat körsatgan murabbiy” unvoni sohiblari, birinçi toifali ustozlar bisyor.



Yuqorida aytganimizdek, muassasada tarbiyalanuvçilari tomonidan erişilgan yutuqlarni sanab ötiş uçun sahifalar kerak böladi. Ötgan iyun oyi Germaniyaning Berlin şahrida paralimpiyaning suziş turi böyiça jahon seriyasiga kiruvçi musobaqada qatnaşgan sport maktabida kamol topayotgan tarbiyalanuvçilar 1 ta jahon va 2 ta Osiyo rekordlarini örnatişdi va ular Indoneziya davlatida bölib ötadigan Osiyo öyinlariga yöllanmalarni qölga kiritişdi. Sportçilar Firdavsbek Musabekov 50 metrlik brass musobaqalarida kumuş, 200 metr brass yönalişida jahon rekordini, Muzaffar Tursunxöjayev 200 metr batterflyay musobaqalarida Osiyo rekordini yangiladi.








