Lagom — butun bir boşli falsafa. Keng, bepoyon, ulkan. Tarjimasi – barça narsada mö'tadillik. Köp ham emas, oz ham emas. Aynan keragiça. Aynan sizga mos keladigan muvozanat.
Lagom usulidagi hayot – oddiy va ortiqça hamda qalbaki buyumlarsiz.

Lagom şvedlar hayotining barça sohalarini qamrab olgan. Lagom işlaş mumkin, oşirib yubormasdan. Şim lagom turibdi, ya'ni qanday lozim bölsa, şunday. Hatto suv ham lagom iliq böladi, bu qulay haroratdagi suvni anglatadi.
Har bir sohada – iş, munosabatlar, interer dizayn, uslubda şvedlar lagom är bäst şioriga köra iş tutişadi. Ya'ni, qança zarur bölsa, şunça ol. Mö'tadillikdagi kalit.
Lagomni kim öylab topgan?
Lagom falsafasi vikinglar davridan qolgan, degan fikr bor. Sözning özi ham “laget om” (“aylana böylab uzatiş”) sözlari birikmasidan kelib çiqqan. Gap şundaki, marosimlarda asal va mevalardan tayyorlangan idiş aylana böylab uzatilgan: har kim boşqalarga ham yetişini möljallab içişi kerak bölgan. Tenglik. Hurmat. Qöli oçiqlik.
Nima uçun aynan şvedlar?
Şvetsiya eng farovon mamlakatlar öntaligiga ilk marta kirayotgani yöq. Yaqinda ötkazilgan ijtimoiy sörov natijalari şuni körsatdiki, şvedlar (skandinaviyalik qöşnilari bilan birgalikda) özlarini baxtli kişilar sanaydilar. Aynan şuning uçun ham lagomni örganiş yanada qiziqarliroq. Ğoya şvedça bölsa-da, uni sayyoraning istalgan nuqtasida qöllaş mumkin.
Maşhur bloger Niki Brantmark hatto “Lagom özi nima?” degan kitob yozgan va unda mazkur ğaroyib falsafa haqida hikoya qilgan. Nikining özi Şvetsiyaga 13 yil oldin Angliyadan köçib kelgan. Bu vaqt davomida u hayotini keskin ravişda özgartirib yubordi, unga yangi odatlar va betakror an'analarni olib kirdi. Natijada haqiqiy baxtga erişdi.

Ular uçun yaşaş zerikarlimi?
Lagom — rohatlardan voz keçiş degani emas. Ularni mö'tadillik va muvozanatlaşgan holda boşdan keçirişdir. Albatta, şvedlarda ham rejadan çiqiş holatlari yuz beradi. Ular damlagan juda ötkir şved qahvasining özi bir dunyo. Yoki köplab şirinliklarini olaylik – qiyom şimdirilgan şirinlik, kokos qirindisidagi şokoladli şarça, ular xuş köradigan – dolçinli kulçalar. Biroq bunday siylovdan keyin ular özlarini tiyiş bilan jazolaşmaydi, balki mö'tadil holatda qolişda davom etadilar.












