Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maynabozchilik». Venesuela muxolifati rahbari suiqasd haqida o‘z fikrini bildirdi
Foto: El Nuevo Diario
Venesuela muxolifatining yetakchisi Xulio Borxes mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qilingan suiqasdni «maynabozchilik», deb atadi. Bu haqda siyosatchi tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Borxesning so‘zlariga ko‘ra, suiqasd sahnalashtirilgan bo‘lgan va Maduro raqiblarining ta'qib qilinishi hamda ularga zulm o‘tkazish bo‘yicha holatlarni oqlashi kerak edi.
«Bu mamlakatda ham, butun dunyoda ham senga (Nikolasu Maduro) suiqasd bilan bog‘liq bo‘lgan bu maynabozchilikka hech kim ishonmaydi», - deya ma'lum qildi Borxes.
Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident o‘zi tufayli kelib chiqqan siyosiy va iqtisodiy inqirozda muxolifatni ayblashga urinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Internetda Maduroning nutqi paytida dron portlashi tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026