Yamanning Saada şahrida halok bölgan tinç aholi soni 50 kişiga yetdi, 77 kişi jarohat oldi, deb xabar qildi Xalqaro Qizil Xoç qömitasi Twitter sahifasida.

Avvalroq qömita Saada şahrida avtobusga uyuştirilgan hujum natijasida kamida 29 nafar bola halok bölgani va 30 nafar bola jarohatlangani haqida xabar qilgandi. 

Ma'lumotlarga köra, halok bölgan bolalarning barçasi 15 yoşga tölmagan bolalar bölgan. 

Şu bilan birga, soğliqni saqlaş vazirligi vakili Yusuf al-Xadiriy Twitter’da Saadaga berilgan aviazarba oqibatida 40dan ortiq kişi halok bölgani va 60dan ortiq kişi yaralanganini ma'lum qildi.

Xusiylar nazorati ostidagi Al-Masira" telekanali Sanodagi soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib bolalarni olib ketayotgan avtobusga qilingan hujum oqibatida qurbonlar soni 47 kişini taşkil qilganini, 77 kişi jarohatlanganini xabar qilgandi.

"Yamanda hujum oqibatida halok bölganlar soni 50 kişiga yetdi, 77 kişi jarohatlandi. Qurbon bölganlarning aksariyati bolalar. Kattalar olov yoqadigan uruş uçun birorta ham bola tovon tölamasligi lozim", — deyiladi Qizil Xoç qömitasi xabarida.

Al-Arabia telekanalining Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya bayonotiga tayanib ma'lum qilişiça, zarba amalga oşirilgan raketa koalitsiyaga tegişli bölgan va xusiylarning Saadada joylaşgan raketa uskunalarini nişonga olgan.